Davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
2025/2026-o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Prezidentning tegishli farmoni bilan magistraturaga kirishda chet tili sertifikati xorijiy tillar yo‘nalishida C1, gumanitar, matematika, huquq kabi sohalarda B2 darajasida bo‘lishi belgilangan.
Tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Sertifikatlar ro‘yxati bu yerda.
Joriy yilgi qabul uchun magistratura kvotalari hali tasdiqlanmadi, 2024-yil mamlakat OTMlari magistraturasiga o‘qishga qabul qilish parametri bo‘yicha jami 17 500ta kvota belgilangandi. Shundan 9 365tasi davlat granti, 8 135tasi esa to‘lov-shartnoma asosida.
Avvalroq OTMlarning bakalavr darajasi uchun imtihonlar 14-iyuldan boshlanishi haqida xabar berilgandi. Kirish test sinovlari 10 kun davom etib, ikki smenada tashkil etiladi. Abituriyentlardan imtihonga kerakli hujjatlar bilan vaqtida kelish so‘ralmoqda.