10-iyuldan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi.

Bunda joriy yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratilgan subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismiga qabul amalga oshiriladi.

Arizalarni soat 09:00 dan boshlab Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali onlayn jo‘natish mumkin.

Talabgor va uning yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlar arizada ko‘rsatilgan hollarda) o‘rtacha daromadi quyidagicha bo‘lishi kerak:

  • Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravardan 8 baravargacha (3,118 mln — 9,24 mln so‘m);
  • Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan 9,2 baravargacha (3,118 mln — 10,626 mln so‘m).

Subsidiya uchun ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball to‘plashi lozim. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar alohida tartib asosida baholanadi.

Shuningdek, arizachi yoki uning turmush o‘rtog‘ining nomida butun mamlakat bo‘ylab mulk huquqi asosida turar joy mavjud bo‘lmasligi kerak.

Spot subsidiya uchun arizalarni qanday jo‘natish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanma taqdim etgandi. Ularni havola orqali jo‘natish mumkin.

Mavzuga doir: 2025-yil iyun oyi bo‘yicha banklardagi ipoteka kreditlari.. Mavjud 36 ta bankdan 17 tasida ipoteka krediti olish mumkin bo‘lib, o‘rtacha stavka 26%ni tashkil etadi.