Bon! qahvaxonalar tarmog‘i o‘z rivojlanishini davom ettirib, 10-iyul kuni 27-filialini taqdim etdi — bu safar “Metropol” turar joy majmuasida. Yangi filial mashhur “Tiffani bilan nonushta” filmi mavzusida ochildi va Bon! brendining o‘ziga xos estetikasi yana bir bor namoyon bo‘ldi: bu yerda har bir makon — bu shunchaki qahvaxona emas, balki butun boshli tajriba.

Zamonaviy va nafis klassikaga urg‘u berilgan lokatsiya romantika, yengillik va nazokatli nafislik uyg‘unligida mehmonlarga ertalabki hashamatli muhitni his qilish imkonini beradi.

Bon! Metropol — bu qulaylik va harakatchanlik uyg‘unligi. Bu yerda do‘stlar bilan uchrashish ham, ish bilan shug‘ullanish ham oson. Shahar uslubidagi zamonaviy interyer va Bon! brendining tanilgan imzosi — detallar, har kungi gastronomiya va o‘ziga xos vizual taqdimot — bir butunlikda mujassam.

Manzil: Kichik halqa yo‘li 26, Metropol.

Reklama huquqlari asosida.