14-iyul kuni bitkoin kursi birinchi marta $122 mingdan oshdi. Bu haqda CoinDesk ma’lumotlarida keltirilgan.

Savdoning yuqori nuqtasida token Toshkent vaqti bilan 10:27 trofida psixologik belgidan o‘tgan. Token uchun $122,501 mingdan ortiq taklif qilindi, shundan so‘ng narx ushbu belgi atrofida kichik tebranishlar bilan barqarorlashdi.

Xabar e’lon qilingan vaqtda bitkoin $122,384ga sotilmoqda. So‘nggi sutkada kurs taxminan 6%dan ko‘proqqa ko‘tarildi, haftalik o‘sish esa biroz ko‘proq — 8,64%ni tashkil etdi.

bitkoin, rekord

AQShning Xitoyga qarshi bojlaridan keyin aprel oyida kriptovalyuta narxi $76 minggacha pasayib ketgan edi.

Ko‘plab tahlilchilar Bitkoin 2025-yil oxirigacha $150 ming-200 ming oralig‘ida bo‘lishini prognoz qilmoqda.


17-dekabr, payshanba kuni bitkoin kursi $108 mingdan oshgandi. Savdoning yuqori nuqtasida token Toshkent vaqti bilan 20:00 atrofida mazkur narxni qayd etgan. Keyinchalik uning narxi pasaydi.

5-dekabr kuni bitkoin kursi $100 mingdan oshdi. Savdoning yuqori nuqtasida token Toshkent vaqti bilan 7:40 atrofida psixologik belgidan o‘tgan. Yarim soat o‘tgach, token uchun $103 mingdan ortiq taklif qilindi, shundan so‘ng narx ushbu belgi atrofida kichik tebranishlar bilan barqarorlashdi.

15-dekabrdan 16-dekabrga o‘tar kechasi kriptovalyuta qiymati $106 mingni tashkil etgandi. Eng yuqori cho‘qqida u 106,6 ming dollarga yetgan.

6-noyabr kuni bitkoin qisqa vaqt ichida birdaniga 8%ga qimmatlab, $75 mingga, 7-noyabrda — $76 mingga, 8-noyabrda esa $77 mingga yetdi.

10-noyabr kuni bitkoin kursi birinchi marta $80 mingdan oshdi. Trampning AQSH prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi fonida kriptovalyuta narxi 16%ga oshdi.