2025-yilning yanvar-may oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan 663,4 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Shundan 126,4 mlrd so‘mi, ya’ni 19,1%i 20ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,6 trln so‘mni, soliq imtiyozlari esa 15,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Yanvar-aprel oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan umumiy ovqatlanish korxonasi KFC tarmog‘ining O‘zbekistondagi franshizasi — International Foodchain bo‘ldi. Korxona tomonidan 37,7 mlrd so‘m soliq to‘langan.
Ikkinchi o‘rinda Mak Food Servis — Evos brendi turibdi. Kompaniya 26 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Kuchli uchlikni 15 mlrd so‘m Oqtepa Food Service — Oqtepa Lavash brendi yakunlab berdi.
Quyida 20ta umumiy ovqatlanish korxonalari har birining tovar aylanmasi, to‘langan soliqlari va imtiyozlari ko‘rsatilgan:
| Kompaniya nomi | To‘langan soliqlar, mlrd so‘mda |
| International Foodchain (KFC) | 37,7 |
| Mak Food Servis (Evos) | 26 |
| Oqtepa Food Service | 15 |
| Ketring | 13,9 |
| Feedup Eco | 3,2 |
| Savdo | 3,1 |
| PJ Eastern Group | 2,8 |
| Wencaf | 2,8 |
| Chef Katering | 2,7 |
| Vanilla Food | 2,3 |
| French Pastry | 2,1 |
| Alfa Best | 2 |
| Maxway Food | 1,9 |
| Renservis Bekobod | 1,7 |
| Xonobod Fayz Taomlari | 1,6 |
| The Choyxona Group | 1,6 |
| Sam Agro Star | 1,5 |
| Ohangaron Turon Baraka | 1,5 |
| Lambic | 1,5 |
| Efendi Co | 1,5 |
Avvalroq Spot ChatGPT ishlab chiquvchisi O‘zbekistonda soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgani haqida yozgandi.
Bundan tashqari, AQShning DigitalOcean bulutli xizmatlar provayderi ham elektron xizmatlar yetkazib beruvchisi sifatida Soliq qo‘mitasida hisobga olindi.
