Meta sun’iy superintellekt ustida ishlayotgan jamoasining yangi a’zolari uchun rekord darajadagi shartlarni taklif qildi. Bu haqda Bloomberg kelishuv tafsilotlari bilan tanish bo‘lgan manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Shunday holatlardan biri Apple kompaniyasining sobiq yetakchi muhandisi Ruomin Pang tomonidan olingan $200 mlndan ortiq qiymatdagi shartnoma bo‘ldi.

Ilgari Apple’ning sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqish bo‘limini boshqargan Ruomin Pang Meta* kompaniyasiga ko‘p yillik kelishuv doirasida qo‘shildi.

Unga taklif qilingan kompensatsiya shu qadar yuqoriki, Apple mutaxassis uchun raqobatlashmadi — kompaniya ichida bunday to‘lovlar kompaniya rahbarlarining maoshlaridan oshib ketadi.

Manbalarga ko‘ra, Apple muhandisining shartnoma shartlari kompaniyaning yangi jamoasidagi boshqa a’zolar darajasiga mos keladi.

Qayd etilishicha, bu jamoa inson darajasida yoki undan yuqori vazifalarni bajara oladigan sun’iy intellekt tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.

Jamoaga GitHub’ning sobiq rahbari Net Fridman va tadbirkor Deniel Gross ham qo‘shilgan. Bundan tashqari, Meta* Scale AI startapining 49%ini $14,3 mlrdga sotib oldi va uning hammuassisi Aleksandr Vanni sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha direktor etib tayinladi.


Avvalroq Spot Meta Llama sun’iy intellekt modelini o‘zbek tiliga moslashtirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Kompaniya ushbu modelni davlat saytlariga integratsiya qilish hamda mutaxassislarni ochiq kodli dasturlar bilan ishlashga o‘rgatishga tayyorligini ma’lum qildi.