Yaqin kunlarga qadar mijozlar uchun qulay va tezkor xizmatni tashkillashtirish jarayoni katta muammo bo‘lgan. Alohida jarayonlar anchagina vaqt va kuch talab qilib, tez va xatosiz ishlashga xalaqit bergan. Ayniqsa, to‘lovlarni UZCARD va Humo kartalari orqali qabul qilish ko‘plab qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan:

  • rastada bir nechta qurilma — UZCARD, Humo uchun alohida terminallar va cheklarni chop etish uchun kassa apparati;
  • turli xil qo‘llab-quvvatlash xizmatlari va TXKMlar (texnik xizmat ko‘rsatish markazlari) — bular qurilmalarga xizmat ko‘rsatish jarayonini murakkablashtirgan;
  • integratsiyaning yo‘qligi — buning natijasida kassirlar ma’lumotlarni qo‘lda kiritishlariga to‘g‘ri kelgan, bu ishni sekinlashtirib, xato qilish ehtimolini oshirgan.

Natijada, mijozlarning kutish vaqti oshgan, xodimlar ko‘proq xatolarga yo‘l qo‘ygan, jarimalar hamda xarajatlar xavfi ortib boravergan. Xodimlarni turli tizimlar bilan ishlashga o‘rgatish uchun vaqt ketgan, alohida abonent to‘lovlari esa xarajatlarni ko‘paytirgan. Bularning barchasi xizmat ko‘rsatish tezligini pasaytirib, biznesni rivojlantirishga to‘sqinlik qilgan.

Smart Business (sobiq UZKASSA) kompaniyasi UZCARD va Humo to‘lovlarini qabul qilish uchun yagona yechimni yaratdi. U biznes boshqaruvini osonlashtirdi — eng muhimi bor e’tiborni mijozlarga qaratishga yordam beradi:

  • kompaniya barcha turdagi to‘lovlarni qabul qilishni taklif qiladi:
  • UZCARD va Humo;
  • Xalqaro to‘lovlar, TTT (Rossiya kartalari orqali);
  • A-Pay, Payme, Click Up, Oson va boshqa to‘lov ilovalari;
  • QR-kod orqali to‘lov.

Kompaniyaning taklifi — qurilmalar to‘plami emas. Bu integratsiyalashgan yagona yechim bo‘lib, unga maxsus Smart Business dasturiy ta’minoti o‘rnatilgan. Bu esa quyidagi afzalliklarni beradi:

  • qurilmalar integratsiyasi — bu kassirga bir zumda ham terminal, ham fiskal cheklarni chop etish imkonini yaratadi;
  • inson omilini minimallashtiruvchi tizim — bu ma’lumotlarni qo‘lda kiritish, buxgalteriya uchun cheklarni saqlash va alohida hisob yuritish zaruratini istisno etadi;
  • tovarlar qoldig‘i, narxi va keltirilgan yangi tovarlarni nazorat qilish imkoniyati;
  • daromadlarni kuzatib borish, sotuvlarni tahlil qilish, assortimentni optimizatsiyalash va xodimlar samaradorligini baholash;
  • sodiqlik dasturini yaratish, mijozlar uchun bonuslar, chegirmalar va aksiyalar tashkillashtirish;
  • shaxsiy kompyuter, noutbuk yoki planshet yordamida onlayn-savdo uchun WEB-kassadan foydalanish imkoniyati.

Smart Business’ning yagona yechimi bilan tadbirkor biznes uchun oddiy va kuchli yordamchini qo‘lga kiritadi: bitta shartnoma, bitta abonent to‘lovi, yagona TXKM tarmog‘i hamda biznes rivoji va barqarorligini ta’minlaydigan mutaxassislar.

Smart Business bilan hamkorlik quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • barcha turdagi to‘lovlar bir to‘plamda;
  • 24/7 rejimda ishlaydigan yagona qo‘llab-quvvatlash xizmati;
  • butun O‘zbekiston bo‘ylab 90 dan ortiq ofis;
  • tadbirkorlar va ularning xodimlariga qurilmalar va shaxsiy kabinet bilan ishlashni o‘rgatish — onlayn-kassani sozlashdan tortib, tovarlarni qo‘shishgacha;
  • ro‘yxatdan o‘tish, kassa va terminalni ulash, hujjatlarni yig‘ishda yordam, qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida xabardor qilish va bepul maslahat berish;
  • hamyonbop narx, bu alohida integratsiya ko‘zda tutilmagan terminallarni xarid qilishdan 20%ga arzonroq.

Yagona yechimni sakkizga teng bo‘lingan muddatli to‘lov asosida xarid qilish mumkin.

Tadbirkorlar o‘z mijozlari uchun harakat qilib, ularga qulay va oson bo‘lishi haqida o‘ylaydilar. Smart Business esa tadbirkorning o‘ziga ham qulay bo‘lishi uchun izlanishdan to‘xtamaydi.

Smart Business bilan tadbirkorlar faqat texnikani qo‘lga kiritibgina qolmay, biznesni rivojlantirishga yordam beradigan va barcha texnik vazifalarni o‘z zimmasiga oladigan ishonchli hamkorga ega bo‘ladilar.

“Bitta hamkor = bitta yechim = barcha to‘lov turlari”.

Xaridorlarga xizmat ko‘rsatish va to‘lov qabul qilish jarayonini osonroq va qulayroq qilish mumkin. Bepul maslahat olish uchun (+998) 71−200−30−50 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki saytda ariza qoldirish mumkin.

Sayt: smartpos.uz
Telegram: t.me/smartpos_uz

Reklama huquqlari asosida.