Microsoft korporatsiyasi mashhur Candy Crush mobil o‘yini bilan tanilgan King bo‘linmasida taxminan 200 nafar xodimni ishdan bo‘shatadi. Bu haqda Wccftech nashrining xabar berdi.
Ishdan bo‘shatilgan xodimlar o‘rniga ularning o‘zlari ishtirok etgan holda ishlab chiqilgan sun’iy intellektdan foydalaniladi.
Manbaga ko‘ra, eng ko‘p qisqartirishlar daraja dizayni va kopirayting bo‘limlariga ta’sir qiladi. Ushbu yo‘nalishlarning vazifalari endi xuddi shu xodimlar tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt vositalari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Qayd etilishicha, yangi texnologiyalar bir qator asosiy funksiyalarni bajarishda odamlarga qaraganda samaraliroq bo‘lgan.
Bu qaror kutilmagan burilish bo‘ldi, chunki bir yil oldin King vakillari GDC 2024 konferensiyasida sun’iy intellekt faqat dasturchilar uchun yordamchi bo‘lishini, kundalik ishlardan xalos bo‘lishga va ijodiy ish uchun vaqt ajratishga yordam berishini ta’kidlagan edilar. Endi esa sun’iy intellekt butun boshli mutaxassislar guruhlari o‘rnini to‘liq egallamoqda.
Xodimlarga yuborilgan rahbariyatning ichki xati ishdan bo‘shatishlarni “biznesni o‘sishga qaytarish” va kamroq menejerlar, yig‘ilishlar va byurokratiya uchun optimallashtirish istagi bilan izohlangan.
Nashrning ta’kidlashicha, avvalroq rahbariyat qarorlarini ochiqchasiga tanqid qilgan xodimlar ham qisqartirilishi mumkin. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, ishdan bo‘shatilganlar soni 200 kishidan oshishi mumkin va kompaniya London, Barselona, Stokgolm va Berlindagi ofislarida Candy Crush va Farm Heroes Saga loyihalari ustida ishlayotgan jamoalarga ta’sir qilishi mumkin.
Avvalroq Spot Microsoft 9000 nafargacha xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
Qisqartirish kompaniyaning boshqaruv jarayonlari va tuzilmasini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.