«xodimlar» tegli maqolalar
24 iyul 2026, 11:23 Biznes
Uber mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlarining 10%ini qisqartirdi
Kompaniya qarorni operatsion faoliyatni soddalashtirish va SI’ni joriy etish bilan izohladi, ishdan bo‘shatilganlar sonini esa oshkor etmadi.
22 iyul 2026, 18:34 Biznes
Intel ma’lumotlar markazlari bo‘limida xodimlarni qisqartiradi
Kompaniya bu qarorni biznesni yanada ixcham va samarali boshqarish strategiyasining bir qismi sifatida izohladi.
21 iyul 2026, 16:03 Biznes
Hyundai xodimlari sun’iy intellekt va robotlar sabab ish tashlash boshladi
Qayd etilishicha, xodimlar ish haqini oshirish va ish o‘rinlari saqlab qolinishi bo‘yicha kafolat berilishini talab qilmoqda.
1 iyul 2026, 16:16 IT
Microsoft xodimlarni yana qisqartirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Qisqartirishlar yaqin kunlarda e’lon qilinishi mumkin va kompaniyaning global shtatining taxminan 2,5%ini tashkil qiladi.
25 iyun 2026, 17:39 Biznes
General Motors AQSHda ming nafar xodimni 50 ta robot bilan almashtiradi
Robotlar odamlar bilan birga ishlaydi va kuzov panellarini o‘rnatish kabi takrorlanuvchi vazifalarni o‘z zimmasiga oladi.
24 iyun 2026, 18:01 IT
Oracle sun’iy intellektni joriy etish ortidan 21 ming xodimini ishdan bo‘shatdi
Bir yil avval kompaniya shtati taxminan 162 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, joriy moliyaviy yil yakunida kompaniyada 141 mingga yaqin xodim ishlagan.
12 iyun 2026, 18:04 Biznes
Volkswagen 2026-yil oxirigacha 19 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatadi — Reuters
Qayd etilishicha, 2030-yilga borib avtomobil ishlab chiqaruvchisi 50 ming kishini ishdan bo‘shatishni rejalashtirgan.
19 may 2026, 14:28 IT
Meta 7000 nafar xodimini sun’iy intellektni ishlab chiqish loyihalariga qayta yo‘naltiradi
Shuningdek, kompaniya 8000 nafar xodimni, ya’ni shtatning 10% ini ishdan bo‘shatish haqida xabardor qilishni rejalashtirmoqda
12 may 2026, 16:03 Biznes
General Motors SI sohasidagi mutaxassislar uchun 600 xodimini ishdan bo‘shatdi
Dastur doirasida talabga mos kelmaydigan xodimlar o‘rniga sun’iy intellekt bo‘yicha tajribali mutaxassislar ishga olinadi.
29 aprel 2026, 20:47 IT
Kompaniylar SI uchun odamlarni ishga yollashdan ko‘proq sarflayapti
Ma’lumotlarga ko‘ra, Uber texnik direktori sun’iy intellekt uchun 2026-yilga mo‘ljallangan butun budjetni allaqachon sarflab bo‘lgan.
1 aprel 2026, 15:50 Biznes
Oracle SI uchun xarajat oshishi fonida minglab xodimlarni qisqartiradi
Qisqarishlar kompaniyaning kapital xarajatlarini $35 mlrddan $50 mlrdgacha oshirish rejalari fonida amalga oshirilmoqda.
19 mart 2026, 17:02 Biznes
Britaniyaning HSBC banki ish o‘rinlarini keng miqyosda qisqartirishi mumkin
Sun’iy intellekt joriy etilishi sabab qisqartirishlar 20 mingga yaqin kishini yoki umumiy xodimlarning qariyb 10% ini qamrab oladi.
16 mart 2026, 15:12 Biznes
Meta xodimlarini ommaviy qisqartirishni rejalashtirmoqda
Qisqartirishlar 20% va undan ortiq xodimlarga ta’sir qilishi mumkin va bu sun’iy intellektga kiritilgan sarmoyalarni qoplash uchun qilinmoqda.
6 mart 2026, 19:42 Biznes
Enter Engineering’dan 12,7 mingdan ortiq xodimning ish haqi bo‘yicha qarzdorligi undirildi
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Toshkent shahri va yana beshta viloyatda Enter Engineering‘ning 11 ta obyekti va unga aloqador 34 ta korxona tekshirildi.
26 fevral 2026, 19:00 Biznes
Aston Martin xodimlari sonini 20% ga qisqartiradi — The Guardian
Qayd etilishicha, bu orqali kompaniya ortib borayotgan zarar fonida $54 mln mablag‘ni tejashni maqsad qilgan.
20 fevral 2026, 13:36 IT
Ba’zi kompaniyalar qisqartirishni SI bilan izohlab, asosiy sababni yashirmoqda — OpenAI rahbari
Sam Altmanning ta’kidlashicha, sun’iy intellektning “haqiqiy ta’siri” bir necha yil ichida sezilarli bo‘ladi — ba’zi kasblar yo‘q bo‘lib ketadi, ammo yangilari paydo bo‘ladi.
30 yanvar 2026, 12:08 Biznes
Amazon butun dunyo bo‘ylab qariyb 16 ming xodimini ishdan bo‘shatdi
AQSHda qisqartirishga tushgan xodimlarga Amazon ichida boshqa lavozim topish uchun 90 kun berilib, ularga nafaqa, tibbiy sug‘urta va bandlik bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi.
28 yanvar 2026, 11:47 Biznes
Pinterest xodimlar sonini 15% gacha qisqartirishni rejalashtirmoqda
Qayd etilishicha, qisqartirish yirik kompaniyalar tomonidan reklama xarajatlari qisqartirilishi fonida sodir bo‘lmoqda.
23 yanvar 2026, 14:22 Biznes
Amazon yana minglab ish o‘rinlarini qisqartirishni rejalashtirmoqda
Qisqartirishlar Amazon Web Services, chakana savdo, Prime Video va xodimlarni boshqarish bo‘limlaridagi ish o‘rinlariga ta’sir qiladi.
16 yanvar 2026, 16:02 IT
Ericsson Shvetsiyada 1600 nafar xodimni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda
Qayd etilishicha, kompaniyaning bu qarori 5G tarmoqlariga investitsiyalar sur’atining sekinlashuvi fonida qabul qilingan.