Microsoft xodimlarni yana qisqartirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar berdi Business Insider nashri.
Qayd etilishicha, Microsoft bir necha ming xodimga, jumladan, savdo, konsalting va Xbox bo‘limlariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan xodimlarni optimallashtirishning navbatdagi bosqichini ko‘rib chiqmoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, qisqartirishlar yaqin kunlarda e’lon qilinishi mumkin va kompaniyaning global shtatining taxminan 2,5%ini tashkil qiladi.
Restrukturizatsiya sun’iy intellektni rivojlantirish va infratuzilmani kengaytirish foydasiga investitsiyalarni qayta taqsimlash bilan bog‘liq.
Microsoft an’anaviy biznes bo‘linmalaridagi xarajatlarni qayta ko‘rib chiqish bilan bir vaqtda sun’iy intellekt sohasidagi xarajatlarni faol ravishda oshirishni davom ettirmoqda.
O‘zgarishlarning eng sezilarli ta’siri Xbox o‘yin yo‘nalishiga ta’sir qilishi mumkin, bu avvalroq marketing va operatsion xarajatlarni optimallashtirish imkoniyati kontekstida aytib o‘tilgan edi.
Manbalarga ko‘ra, ayrim xodimlarga kompaniya ichidagi boshqa lavozimlarga o‘tish taklif qilinishi mumkin.
Gap ommaviy ishdan bo‘shatish haqida emas, balki maqsadli optimallashtirish haqida ketmoqda. O‘zgarishlar 2025-yil o‘rtalaridagi 228 ming nafar xodimning 2,5%idan kamrog‘iga ta’sir qilishi kutilmoqda.
Avvalroq Spot Oracle sun’iy intellektni joriy etish ortidan 21 ming xodimini ishdan bo‘shatgani haqida yozgandi.
Bir yil avval kompaniya shtati taxminan 162 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, joriy moliyaviy yil yakunida kompaniyada 141 mingga yaqin xodim ishlagan.