Oracle sun’iy intellektni joriy etish ortidan 21 ming xodimini ishdan bo‘shatdi, deya xabar bermoqda Reuters.

Joriy yilning 31-mayida yakunlangan 2026-moliya yilida Oracle kompaniyasi xodimlari soni taxminan 13% ga qisqardi.

Bunga kompaniyaning o‘z faoliyatida sun’iy intellektdan kengroq foydalanishi bilan qisman bog‘liq bo‘lgan keng ko‘lamli restrukturizatsiya sabab bo‘ldi.

22-iyun kuni e’lon qilingan yillik hisobotga ko‘ra, moliyaviy yil yakunida Oracle kompaniyasida 141 mingga yaqin xodim ishlagan.

Bir yil avval kompaniya shtati taxminan 162 ming kishidan iborat edi. Shunday qilib, bir yil ichida xodimlar soni qariyb 21 ming kishiga kamaygan.

Oracle qayta qurish, jumladan, ishdan bo‘shatish nafaqalari va boshqa tegishli xarajatlar uchun $1,84 mlrd yo‘naltirdi. Bu o‘tgan moliyaviy yildagi $374 mlnlik xarajatdan deyarli besh baravar ko‘pdir.

Kadrlar o‘zgarishi boshqaruv va mahsulot yo‘nalishlarini qayta qurish, xodimlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari, strategik qarorlar va sotib olish oqibatlari bilan izohlandi.

Kompaniya biznesni o‘zgartirish qisman ish jarayonlarida sun’iy intellektdan foydalanishni kengaytirish bilan bog‘liqligini alohida ta’kidladi.

May oyida Oracle 30 ming xodimini ularning o‘zlari o‘rgatgan neyrotarmoqlar bilan almashtirhgani haqida xabar berilgandi.

IT mutaxassislardan ishlarini batafsil tasvirlab berish so‘ralib, bu ma’lumotlar SI’ni o‘qitishga ishlatilgan va keyin ular kutilmaganda ishdan bo‘shatilgan.

Texnologiya sohasidagi qisqarishlarni kuzatib boruvchi Layoffs.fyi servisining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda ushbu sektordagi 196 ta kompaniya 119,8 mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatgan.


Avvalroq Spot Volkswagen 2026-yil oxirigacha 19 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, 2030-yilga borib avtomobil ishlab chiqaruvchisi 50 ming kishini ishdan bo‘shatishni rejalashtirgan.