Volkswagen restrukturizatsiya fonida keng ko‘lamli qisqartirishlarni amalga oshiradi, deb yozadi Reuters manbalarga tayanib.

Qayd etilishicha, 2026-yil oxirigacha avtomobil ishlab chiqaruvchisi 19 mingga yaqin xodimni ishdan bo‘shatadi.

Volkswagen bosh direktori Oliver Blum 2026-yil 18-iyunda aksiyadorlarning yillik yig‘ilishida qisqartirishlarning yangi to‘lqinini e’lon qiladi, deb yozadi nashr.

2026-yil mart oyida The Guardian gazetasi nemis konserni 2030-yilgacha 50 ming xodimni ishdan bo‘shatishni rejalashtirgani haqida yozgan edi.

Dastlab kompaniya kasaba uyushmasi bilan 35 ming ishchini qisqartirish bo‘yicha kelishib olgan edi, biroq keyinchalik rejalar qayta ko‘rib chiqildi.

Buning sabablari Xitoy va Shimoliy Amerikada sotuvlarning pasayishi (mos ravishda 8 va 10% ga) hamda AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan bojlardir.

2030-yilga borib, avtomobil ishlab chiqaruvchisi har yili xarajatlarni $6 mlrd yevroga kamaytirmoqchi.

Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil may oyida Xpeng Volkswagen bilan Yevropadagi zavodni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borgan.

2023-yilda Volkswagen va Xpeng hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi: nemis kompaniyasi qariyb 5% evaziga qariyb $700 mln sarmoya kiritdi va Xitoyda elektromobillarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldi.


Avvalroq O‘zavtosanoat raisi O‘zbekistonda Volkswagen’ning 7 ta modeli ishlab chiqarilishi haqida ma’lum qilgandi.

Ulug‘bek Rozukulovga ko‘ra, avtomobillarni MDH, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlariga ham eksport qilish rejalashtirilmoqda.