Uber mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlarining 10%ini qisqartirdi, deya xabar bermoqda Engadget nashri.

Kompaniya bu qarorni operatsion faoliyatni soddalashtirish va sun’iy intellektni faolroq joriy etish rejasi bilan izohladi.

Qisqartirish Uber’ning turli xizmatlari bo‘yicha ko‘p tillarda mijozlarga yordam ko‘rsatadigan Community Operations bo‘limiga taalluqli bo‘ldi.

Bo‘lim vitse-prezidenti Megha Yetxadka tuzilma haddan tashqari murakkablashganini ta’kidladi.

Shuningdek, masofadan ishlayotgan xodimlardan ofislarda ishlash siyosati doirasida Uber’ning asosiy ofislaridan biriga yaqinroq ko‘chib o‘tish so‘ralgan.

Qayd etilishicha, mazkur qaror kompaniyaning ofisga qaytish siyosatining bir qismi hisoblanadi.

Kompaniya ishdan bo‘shatilganlar sonini ochiqlamadi. Hozir kompaniyada 34 mingga yaqin xodim ishlaydi.

2026-yil iyunida Uber kadrlar bo‘limi xodimlarining 20% dan ortig‘ini ham qisqartirgandi. O‘sha paytda kompaniya bu qaror SI bilan bog‘liq emasligini bildirgan bo‘lsa, bu safar sun’iy intellekt qisqartirish sabablaridan biri sifatida rasman tilga olindi.


Avvalroq Spot Intel ma’lumotlar markazlari bo‘limida xodimlarni qisqartirishi haqida yozgandi.

Kompaniya bu qarorni biznesni yanada ixcham va samarali boshqarish strategiyasining bir qismi sifatida izohladi.