Migratsiya agentligi Qatarning Jusour rekruting tashkiloti bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarolarini ushbu mamlakatga ishga taklif etimoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Nomzodlar mehmonxona yo‘nalishidagi ish o‘rinlari uchun tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin. Ish haqi $800 dan boshlanadi.

Hozirda quyidagi yo‘nalishlar uchun qabul ochiq:

Har bir vakansiya talablari bilan batafsil havolalar orqali tanishish mumkin.

Nomzodlarga 21 yoshdan yuqori, sudlanmagan bo‘lishi, ingliz tilida kamida B1 darajasida erkin muloqot qila olishi kerak. Shu bilan birga, O‘zbekiston hududidan chiqishga taqiq bo‘lmasligi talab qilinadi.

Qatarga borish, ishchi viza, tibbiy sug‘urta, yotoq joy, oziq-ovqat hamda mahalliy transport xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Nomzodlar ingliz tilida CV tayyorlashlari kerak. Unda fuqaroning ishlagan kompaniya nomi, ishlagan yillari, egallagan lavozimi va bajargan vazifalari aniq ko‘rsatilishi zarur.

Agentlik ro‘yxatdan o‘tish ishga joylashishni kafolatlamasligini eslatmoqda. Nomzodlar ish beruvchilardan talabnoma kelib tushganida tanlov asosida saralanadi.

Batafsil ma’lumotlarni havola orqali yoki Migratsiya agentliging 71 202−33−55 (ichki raqam 172) telefon raqami orqali olish mumkin.