Xorijda ta’lim: KOICA granti asosida Koreyada tahsil olayotgan Suhrob Abdullayev hikoyasi

Suhrob nima uchun Koreyada ta’lim olishni tanlagani, qanday qilib KOICA grantini qo‘lga kiritgani, buning uchun talab etiladigan hujjatlar va grant taqdim etadigan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Brend tarixi: kimyogarning ta’m bermaydigan texnologiyasi asosida yaratilgan Pringles chipslari

Pringles chipslari ideal ko‘rinish hamda ta’mga ega bo‘lishi uchun bir nechta tadqiqotlar amalga oshirilib jarayonga kimyogar-u, tadqiqotchilar jalb qilingan. Spot bu safar aynan mana shu chipslarning yaratilishi, uning ommalashishiga turtki bo‘lgan faktorlar haqida hikoya qiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Fintex erkin nafas olishiga qo‘yib bering” — o‘yinchilar muddatli to‘lov bozorini tartibga solish rejalari haqida

Spot Fintex assotsiatsiyasi vakillari va BNPL bozorining asosiy ishtirokchilari bilan Markaziy bank tashabbusidan keyin nimalar o‘zgarishi, soha bunga qanday munosabatda bo‘lishi va iste’molchilar nimani kutayotgani haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Ibrat farzandlari asoschisi Rustam Qoriyev tavsiya qilgan 5 ta kitob

Rustam Qoriyev o‘z tajribasiga tayanib, shaxsiy va professional o‘sishiga hissa qo‘shgan — loyiha yuritish, shaxsiy rivojlanish va fikrlash doirasini kengaytirishga yordam beradigan kitoblar ro‘yxatini Spot bilan bo‘lishdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasi jamoatchilik bilan muhokama qilinadi — Emin Agalarov.
    Tadbirkorning ta’kidlashicha, dam olish maskanining qurilishi hudud infratuzilmasi va Chorvoqdagi suv sifatini yaxshilashga yordam beradi.
  2. Biznes O‘zbekistonda ish haqi kechiktirilgani uchun kompensatsiya to‘lash formulasini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.
    Mehnat kodeksida har bir kechiktirilgan kun uchun 1,4% lik stavka nazarda tutilgan. Uni yillik hisobdan kelib chiqib hisoblash taklif etilmoqda.
  3. “Narxlar oshgani yo‘q” — Bojxona qo‘mitasi telefonlarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish haqida.
    Qo‘mitaga ko‘ra, bu mazmundagi xabarlar telefonlarni noqonuniy olib kirib sotayotganlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yagona bojxona to‘lovini to‘lashga to‘g‘ri keladi.
  4. Chorvoqda Sea Breeze qurilishi boshlanmagan, hudud chiqindilardan tozalanmoqda — Agalarov Development.
    Kompaniya hozirda loyiha ekspert muhokamasi va ruxsat beruvchi hujjatlarni yig‘ish bosqichida ekanligini ma’lum qildi.
  5. Yarim yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 27%ga oshib, $8,2 mlrdga yetdi.
    Transchegaraviy o‘tkazmalarning 78%i Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, AQSh, Buyuk Britaniya hamda Yevropa mamlakatlaridan jo‘natmalar hajmi oshgan.
  6. “Shundog‘am kesilyapti” — Murod Nazarov daraxtlar kesilishiga qo‘yilgan moratoriyni olib tashlashni taklif qildi.
    Developer daraxtlar bankini yaratishga chaqirdi. Bu orqali kelgusida kesilishi mumkin bo‘lgan daraxtlar hisobiga oldindan daraxt ekilib, ular keyinchalik hokimlik balansiga o‘tkaziladi.
  7. Eskrou-hisobi uy-joy narxining oshishiga olib kelishi mumkin — Quruvchilar assotsiatsiyasi raisi.
    Developerlarning aylanma mablag‘lari yetishmasligi sababli, uy-joy bozorida talab yuqori bo‘lishiga qaramay, taklif kamayishi mumkin.
  8. Mo‘g‘ulistondan qo‘y va echki import qiluvchilarga 10% lik imtiyozli kreditlar ajratilib, ijaraga yer beriladi.
    O‘zbekistonga mamlakatdan 100 ming bosh mayda shoxli mollarni olib kelish rejalashtirilmoqda. Ularning soni 2029-yilning oxirigacha 1 mlnga yetkaziladi.
  9. Grantdagilar uchun talab qanday, xorijdagilar nima qiladi? — O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha muhim savollarga javoblar.
    15-iyuldan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli boshlandi.
  10. Bakalavr va magistratura uchun davlat granti kvotalari tasdiqlandi.
    2025/2026 o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga 35 500 ta, magistratura bosqichiga esa 9 922 ta grant ajratildi.