2025-yil 1-iyul holatiga — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 5,5 mln nafardan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 56% ga (2,1 mln nafar) oshgan.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy sonining 58%ini erkaklar, 42%ini ayollar tashkil qiladi.

o'zini o'zi band qilgan shaxslar

O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar:

  • maishiy xizmatlar — 51,4% (735,1 mingta);
  • qishloq xo‘jaligi xizmatlari — 66,1% (606,9 mingta);
  • ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 64,4% (213,2 mingta).

Hududlar kesimida eng ko‘p Samarqand viloyatida (593,2 ming) fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Toshkent (538,8 ming) va Qashqadaryo viloyatlari (517,5ming) turibdi.

2025-yilda 184,2 ming fuqaro yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan.


Avvalroq Spot o‘zini o‘zi band qilganlar faoliyat turlari qisqartirilishi haqida yozgandi.

2026-yildan xonalarni tozalash, mebel yig‘ish, avtomobillarni ta’mirlash, kosmetolog, pechka va kaminlar yasash, shisha puflash, ko‘zgu tayyorlash, soatsozlik kabilar ro‘yxatdan chiqariladi.