2025-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi sezilarli darajada tezlashdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 7,2% ni tashkil etdi, bu 2024-yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan (6,6%) 60 punktga ko‘pdir.
Inflyatsiya (iste'mol narxlari indeksi) o‘tgan yilgi 5,2% dan 4,2% gacha sekinlashdi, aholining real umumiy daromadlari o‘sishi 11,9% dan 9,5% gacha pasaydi.
Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksining o‘sish sur’ati bir foiz punktidan ko‘proqqa — 7,8% dan 6,6% gacha pasaydi.
Qurilish sohasida biroz o‘sish qayd etilib, uning hajmi 10,7% ga oshdi (2024-yilning birinchi yarmida — 10,1%)
Shuningdek, chakana tovar aylanmasi (9,7%), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (4%), chakana xizmatlar (13,3%), yo‘lovchi aylanmasi (6%) sohalarida o‘sish sur’atlari tezlashdi. O‘sishning sekinlashishi yuk aylanmasida qayd etildi — 4% dan 1,8% gacha.
Tashqi savdo aylanmasi yarim yil ichida 16,1% ga oshdi. Import bo‘yicha o‘sish sur’atlarining sezilarli pasayishi qayd etilgan bo‘lsa (7%), oltin sotish va xizmat ko‘rsatish sohasi hisobiga eksport sezilarli darajada oshdi — 6,2% dan 29,2% gacha.
Avvalroq uch oyda O‘zbekistonning davlat qarzi $2,22 mlrdga oshib, $42 mlrddan ortiqni tashkil etgani haqida xabar berilgandi. Davlat qarzi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan $7,08 mlrdga o‘sdi. Uning asosiy qismi — $35,55 mlrdi tashqi qarz, $6,87 mlrdi esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.