2025-yildan boshlab AQShda noimmigratsion viza beriladigan barcha uchun yangi majburiy to‘lov — Visa Integrity Fee joriy etiladi. Tegishli qonunni prezident Donald Tramp imzoladi. Bu ahqda CNN telekanali xabar berdi.

Tramp ma’muriyati AQShga kirish uchun noimmigrant vizaga muhtoj bo‘lgan barcha chet elliklar uchun yangi “viza yaxlitligi to‘lovi” joriy etmoqda. Bu to‘lov kamida $250ni tashkil etadi.

To‘lov bir moliyaviy yil davomida — 2024-yil 1-oktabrdan 2025-yil 30-sentabrgacha kamida $250ni tashkil etadi.

2026-yildan boshlab esa barcha noimmigratsion vizalar (B-1/B-2, F/M, H-1B, J va boshqalar) uchun qo‘shimcha yig‘im joriy etiladi.

Mamlakatga kiruvchilar bo‘lish qoidalariga rioya qilishlari va o‘z vaqtida chiqib ketishlari sharti bilan yig‘im ham qaytarilishi kutilmoqda.

Viza berishda yig‘imni to‘lash kerak. Viza berish rad etilgan taqdirda, qo‘shimcha yig‘imlar undirilmaydi. Ushbu yig‘im barcha noimmigratsion viza talabgorlaridan, shu jumladan B-1/B-2 vizasi bo‘yicha sayyohlar, biznes sayohatchilar, chet ellik talabalar, almashinuv talabalari va vaqtinchalik malakali ishchilardan undiriladi.

Qayd etilishicha, bu yig‘im 2025-yil 4-iyulda qabul qilingan “One Big Beautiful Bill Act” qonuni asosida kiritiladi. U inflyatsiyaga qarab yil sayin qayta ko‘rib chiqiladi.


Avvalroq Spot o‘zbekistonliklarga AQSh vizasi olish talablari yengillashtirilishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek, AQSh fuqarolari uchun O‘zbekistonda 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilish rejalashtirilgan.