Telegram foydalanuvchilar reytingini aniqlash tizimini joriy etadi.
Kod Durova nashri ma’lum qilishicha, foydalanuvchilar o‘z akkauntlari uchun reyting tizimiga ega bo‘lishadi.
Dastlab, reyting haqidagi ma’lumot bir necha kun oldin dastur kodida aniqlangan. Har bir foydalanuvchi tegishli belgini bosish orqali o‘z akkauntining qaysi darajada ekanligini bilib olishi mumkin bo‘ladi.
Hozirda belgini bosish “Profil darajasi foydalanuvchining to‘lovlari ishonchliligini ko‘rsatadi” degan xabarnoma bilan birga kelmoqda — bildirish ichidagi havola Telegram’dagi Yulduzlar haqidagi maqolaga yo‘naltiradi. Ayni paytda bu tizim sinov serverida asta-sekin joriy etila boshlangan.
Foydalanuvchilar shu tariqa to‘lov qobiliyatini namoyish etishlari mumkin bo‘ladi. Daraja qanchalik yuqori bo‘lsa, hisob u yoki bu harakatlar uchun shunchalik ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Shuningek, foydalanuvchi xarid qilgan, hadya qilgan yoki sarflagan har 1000 ta Yulduz uchun reyting oshadi.
Ushbu bosqichdagi reyting tayyorlanayotgan limitlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ular sovg‘alarni xarid qilish sonini cheklashni ham nazarda tutadi.
Avvalroq Spot Telegramda yoshni yuz orqali tekshirish funksiyasi paydo bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi.
Funksiya orqali Telegram kelakajda ayrim xizmatlar uchun yosh chegarasini joriy etishi mumkin bo‘lib, fotosuratdan foydalanib tekshiruvdan o‘tib bo‘lmaydi.