O‘zbekiston xalqaro aeroportlari 2025-yilning birinchi yarmida 7,059 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
2024-yilning shu davriga nisbatan umumiy yo‘lovchilar oqimi 10% ga oshdi. Ulardan 5,8 mln nafari (82,3%) xalqaro reyslarni, 1,25 mln yo‘lovchi esa (17,7%) ichki reyslarni amalga oshirgan.
Mamlakat aeroportlari tomonidan amalga oshirilgan reyslar soni 12%ga oshib, 59 960 tani tashkil etdi, shundan ichki yo‘nalishlarda 17 553 ta, xalqaro yo‘nalishlarda 42 407 ta reys amalga oshirildi.
O‘zbekistonning eng yirik aeroporti — Toshkent aeroporti birinchi yarim yillikda 4 587 253 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lib, shundan 3 966 590 nafari xalqaro, 620 663 nafari ichki reyslarni amalga oshirgan.
Birinchi yarim yillikda poytaxt aeroportiga jami 37 526 ta reys amalga oshirildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18%ga ko‘pdir.
“Biz O‘zbekistonga sayyohlik va tranzit yo‘nalish sifatida doimiy qiziqishni ko‘rmoqdamiz. Yo‘lovchilar oqimi va reyslar soni ortib borayotgani yo‘lovchilarning aeroport va xizmatlarimizga bo‘lgan ishonchi ko‘rsatkichidir”, — deya taʼkidladi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Yilning birinchi yarmida mamlakat aeroportlarida 38 863 tonna yuk va pochta jo‘natmalari o‘tkazildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bir xil darajada saqlanib qoldi.
O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar 60 taga, jumladan, rezident 7 ta va charter reyslarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar soni 12 taga yetdi.