Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi mobil qurilmalar bozoriga bu safar yangi hamkor bilan hamkorlikda qaytadan kirish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Kompaniyaning Reddit platformasidagi rasmiy akkaunti e’lon qilgan xabardan ma’lum bo‘lishicha, Nokia o‘z brendi ostida mobil texnikalarni birgalikda ishlab chiqish va chiqarishga tayyor bo‘lgan yirik ishlab chiqaruvchini faol ravishda qidirmoqda.

So‘nggi yillarda Nokia brendi bozorda faqatgina HMD Global bilan tuzilgan litsenziya shartnomasi orqali taqdim etilgan bo‘lib, bu kompaniya smartfonlar va tugmali telefonlarni ishlab chiqarishni amalga oshirgan.

Biroq ushbu shartnomaning amal qilish muddati 2026-yilda tugaydi va Android Authority ma’lumotlariga ko‘ra, uning uzaytirilishi ehtimoldan uzoq

HMD allaqachon o‘z brendi ostidagi qurilmalarni bozorga olib chiqmoqda, bu esa Nokia bilan hamkorlik asta-sekin yakunlanayotganidan dalolat beradi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Nokia brendining yosh foydalanuvchilar orasidagi bugungi tanilishi o‘tgan o‘n yilliklardagi darajadan ancha pastroq.

Finlyandiyalik kompaniya smartfonlar bozorida yana mustahkam o‘rin egallash uchun jiddiy sa’y-harakat qilishiga to‘g‘ri keladi. Kuchli hamkor va zamonaviy qurilmasiz bu qaytish shunchaki ramziy bo‘lib qolishi mumkin.

Joriy yilning yanvarida Nokia smartfonlar bozorini rasman tark etayotganini ma’lum qilgandi.

Kompaniya Apple va Samsung kabi texnologiya gigantlariga qarshi raqobat olib bora olmagani sababli o‘z brendi ostida telefonlarni chiqarishni yakunladi.