Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Samarqand viloyatida o‘zboshimchalik bilan qurilgan ko‘p qavatli uy bilan bog‘liq vaziyatga yana bir bor e’tibor qaratdi. O‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda 12 qavatli mehmonxona buzilishi haqida xabarlar tarqaldi.
12-qavatli bino Samarqand tumani Jo‘yi soy mahallasida yashovchi Furqat Xalilov tomonidan avval uyining bir qismi joylashgan hududda hech qanday bezaksiz qurilgan. Egasi uni mehmonxona sifatida qurayotganini aytgan.
Obyektni tekshirish davomida bir qator qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi. Bino tuman hokimligi yoki qurilish bo‘limidan qurilish uchun ruxsatnoma olmasdan, arxitektura-loyihalashtirish topshirig‘isiz (APZ), shuningdek, shaharsozlik kengashida loyihani ko‘rib chiqmasdan qurilgan.
Muhandislik geologiyasi, loyiha-smeta hujjatlari to‘liq ishlab chiqilmagan hamda tasdiqlanmagan, belgilangan tartibda shaharsozlik kengashidan o‘tmagan, shuningdek, mehmonxona majmuasi obyekti bosh rejasini naturaga ko‘chirish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan.
Qurilish obyektida foydalanilgan qurilish materiallarining talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi pasport va sertifikatlari taqdim etilmagan hamda mutaxassislar tomonidan binoning seysmologik jihatdan talablarga javob bermasligi ham aniqlangan.
Yuqoridagi kamchiliklar mavjud bo‘lsada, qurilishga ruxsat beruvchi boshlang‘ich shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmagan bo‘lsa ham qurilish-montaj ishlari konstruksiyalar bitgandan so‘ng Konstant Proyekt MChJ tomonidan loyiha hujjatlari to‘liq ishlab chiqilmagan.
Triumf Proyekt xususiy ekspertiza tashkiloti tomonidan esa to‘liq ishlab chiqilmagan loyiha hujjatlariga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan holda xulosa berilgan.
Qurilish ishlari davomida tuman qurilish bo‘limi va hududiy nazorat qilish inspeksiya xodimlari tomonidan bir necha bor qurilishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsada, fuqaro Furqat Xalilov tomonidan ishlar o‘zboshimchalik bilan davom ettirilgan.
Mehmonxona qurilishi obyekti bo‘yicha maxsus litsenziyaga ega SVP MASKAN mutaxassislari tomonidan 2016-yilda binoning texnik holati o‘rganilib, rigel va temir beton ramalarni kuchaytirish uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqish bo‘yicha xulosa berilgan. Ushbu kuchaytirish bo‘yicha tegishli loyiha ishlab chiqilmagan va ekspertiza organlarining ijobiy xulosasi olinmagan.
2022-yil may oyida O‘zog‘irsanoatloyiha instituti va qurilish inspeksiyasi ekspertlari binoni o‘rganib chiqib, u shaharsozlik me’yorlariga javob bermaydi, degan xulosaga kelgan, shuningdek, ustunlarda yoriqlar borligini aniqlagan. Binoni buzishga qaror qilingan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudi 2022-yil iyul oyida noqonuniy qurilgan 12 qavatli binoni tugatish to‘g‘risida qaror chiqargandi. Qaror egasi hisobidan ijroga yo‘naltirilgan.
Avvalroq Spot Toshkentda 59 ta noqonuniy obyektda qurilish ishlari to‘xtatilgani haqida yozgandi.