2025-yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra, O‘zbekistondagi banklarning jami foydasi 6,5 trln so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 18% ko‘pdir.
Spot banklarning birinchi yarim yillikdagi moliyaviy hisobotlarini o‘rganib chiqdi va ularning aksariyati iyul oyiga ijobiy natija bilan o‘tganini aniqladi. Ko‘pgina banklar ikkinchi chorak bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilgan, qolganlari esa yo‘q. Ularning natijalarini esa Bankers.uz nashri taqdim etdi.
Ko‘plab mahalliy banklar davlat tasarrufida bo‘lib, ular nafaqat tijorat muassasalari sifatida, balki rivojlanishga yo‘naltirilgan tashkilotlar sifatida ham faoliyat yuritadi. Bu ularning davlat tomonidan sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlanishini bildiradi, bu esa sof bozor sharoitida ularning daromadliligini xolis baholashni qiyinlashtiradi.
Joriy yilning birinchi yarmida quyidagi 9 ta bank 300 mlrd so‘mdan yuqori sof foyda bilan eng daromadli bo‘ldi:
- O‘zmilliybank — 1 trln so‘m;
- O‘zsanoatqurilishbank — 808,6 mlrd so‘m;
- Hamkorbank — 806,8 mlrd so‘m;
- Kapitalbank — 602,4 mlrd so‘m;
- Orient Finance Bank — 523,5 mlrd so‘m;
- Ipak Yo‘li Bank — 485,1 mlrd so‘m;
- Trastbank — 402,3 mlrd so‘m;
- Biznesni rivojlantirish banki — 319,7 mlrd so‘m;
- KDB Bank — 311 mlrd so‘m.
Navbatdagi 9 ta bank 100 mlrd so‘mdan 300 mlrd so‘mgacha foyda olgan:
- Davr bank — 298 mlrd so‘m;
- Asia Alliance Bank — 236,9 mlrd so‘m;
- Aloqabank — 207,5 mlrd so‘m;
- Octobank — 162,3 mlrd so‘m;
- Xalq banki — 154,6 mlrd so‘m;
- Universal bank — 145,1 mlrd so‘m;
- InFinBank — 136,9 mlrd so‘m;
- Anor bank — 102,2 mlrd so‘m;
- TBC Bank — 101 mlrd so‘m.
Navbatdagi 12 ta bank esa 50 mlrd so‘mdan kam foyda ko‘rdi:
- MKBank (Mikrokreditbank) — 49 mlrd so‘m;
- Asakabank — 47,4 mlrd so‘m;
- Agrobank — 35,3 mlrd so‘m;
- Uzum bank — 30,4 mlrd so‘m;
- Ziraat bank — 27,4 mlrd so‘m;
- Hayot bank — 25,3 mlrd so‘m;
- Saderat Bank — 17,8 mlrd so‘m;
- Turonbank — 14,6 mlrd so‘m;
- Poytaxt Bank — 11,2 mlrd so‘m;
- Mybank (ilgargi Madad Invest Bank) — 7,6 mlrd so‘m;
- Tenge Bank — 3,8 mlrd so‘m;
- Smart Bank — 2,4 mlrd so‘m.
Shuningdek, quyidagi 6 ta bank bu davrni zarar bilan yakunlagan:
- AVO bank — 1,75 mlrd so‘m;
- Garant bank — 9,7 mlrd so‘m;
- Yevroosiyo banki — 51,6 mlrd so‘m;
- Yangi Bank — 55,6 mlrd so‘m;
- Apex bank — 62,4 mlrd so‘m;
- Ipoteka-bank — 392,5 mlrd so‘m.
Avvalroq O‘zbekistonda birinchi mikromoliya banki tashkil etilishi haqida xabar berilgandi. Tayyab Finance mikromoliya tashkiloti birinchilardan bo‘lib mikromoliya bankiga aylanish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini oldi.