Avvalroq Spot nashri Toshkentda 59 ta noqonuniy qurilish obyektida ishlar to‘xtatilgani haqida yozgandi. Ammo poytaxt hokimligi ularning ro‘yxatini oshkor qilmayapti. Noqonuniy qurilishlar eng ko‘p Yangihayot tumanida aniqlangan. Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari ham bu borada yetakchi uchlikka kirgan.
Bugun Toshkent shahar hokimligi poytaxtda faoliyat yuritayotgan qurilish kompaniyalarining holatini tekshirish uchun maxsus sayt ishga tushirilganini e’lon qildi.
Bunga shahar hokimligi botiga qurilish masalalari bo‘yicha kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlar sabab bo‘lgan. Foydalanuvchilar endi muayyan quruvchi tashkilotning faoliyati to‘xtatilgani yoki yo‘qligini onlayn tarzda bilib olishlari mumkin.
Kompaniyalarni tekshirish sahifasi shr-tashkent.uz/qurilish/ manzilida joylashgan. Xizmatdan foydalanish bepul.
Tekshirish uchun qurilish kompaniyasining yuridik shaxsi nomini kiritish talab etiladi va alohida loyihalar bo‘yicha ma’lumot bermaydi.
Spot faoliyati to‘xtatilgan quruvchilar ro‘yxatini keltiradi:
- Strong and Perfect Houses;
- Master Media Production and Broadcast;
- Perfect-Mansions;
- Strong Sitiy Madad;
- Central Park City;
- City Oil;
- Nejin Parranda;
- Stroy-Golden Grand;
- Kumush Invest-Stroy;
- Grand-Express-Service;
- Bakhramov B Invest;
- Kafil Invest;
- Yangi Daxron Story Invest;
- Peshko' Start Invest Qurilish;
- Xabarov Vitaliy Nikolayevich;
- Mirzaraimov Baxodir Toxir o‘g‘li;
- AAA Construction House;
- Gold Dream-House;
- Flower House Group;
- Best Building Company;
- A.B.Zakirov;
- Yangi Asr Uylari;
- Amirxo’ja Kapital Savdo;
- AZ Ruhdil Savdo;
- Somon-Savdo;
- Farxod Farovon Lyuks;
- Firdavs-Business;
- Gratis-Buildings;
- Ko’chmas Mulk Lizing;
- Nur Ziyod Fayz Biznes;
- BMB Ishonchli Biznes;
- Oltin Baliq;
- Ferrobton;
- O2-Development;
- Omad Hamkor Humoyun;
- Project Build Group;
- Sunlight Dream;
- Yangihayot Story Group;
- Zamon Binolar;
- Ikat Baraka Group;
- J.Sh. Muxamedov F.;
- J.Sh. Sharapova Firuza Sadridinovna;
- Osimov Axtam Ahmadovich J.Sh.;
- Samandarov Azizbek J.Sh.;
- Alimbayeva Vazira Ahmatovna J.Sh.;
- Sagatov Nodir Nigmanovich J.Sh.;
- Aql Manbai;
- Guangdong Trade Association;
- Igamkulov Isa;
- Mikrokreditbank ATB;
- Vivat Mebel;
- Humo-NTD-Avtoservis;
- Deko-Kron;
- Turon Meros;
- Silk Road Ceramic.
Iyul oyida Qurilish vazirligi qoidabuzarliklar tufayli Toshkentdagi uchta turar-joy majmuasi: Sergeli City, Uchtepa City va Strong Cities qurilishini to‘xtatgan edi.
Avvalroq Spot O‘zbekiston ko‘chmas mulkni bozorda baholashga o‘tishi va soliq stavkalarini pasaytirishi haqida yozgandi.