O‘zbekistonliklar tibbiyot sohasi bo‘yicha Germaniyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi portalida ma’lum qilindi.

Agentlik hamda Germaniyaning Bildung & Beruf GmbH kompaniyasi tomonidan mamlakatdagi hamshiralardan arizalar qabul qilinmoqda.

Bo‘sh ish o‘rinlari 60 tani, oylik maosh esa 1800−2200 yevroni tashkil qiladi. Uy-joy ijarasi va ovqatlanish xarajatlari nomzodning o‘z hisobidan.

Nomzodlarga qo‘yiladigan alablar:

  • kamida 1 yillik ish tajribasi (hamshiralik sohasida);
  • nemis tili bo‘yicha A2+ yoki B1 darajadagi sertifikat;
  • 18−40 yosh oralig‘ida bo‘lgan erkak va ayollar;
  • sudlanmagan va sog‘lom bo‘lish.

Afzallik: Tibbiyot kolleji (3 yillik) yoki oliy ta’lim (bakalavr) diplomi (istalgan tibbiyot yo‘nalishida).

Aviachipta, transfer, rasmiy ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari va tibbiy sug‘urta qoplanadi.

Shuningdek, qo‘shimcha ish soatlari, yakshanba va bayram kunlaridagi ishlarga qo‘shimcha to‘lovlar qilinadi.

Arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumotlarni Migratsiya agentliging +998712023355 (ichki raqam 172) telefon raqami orqali olish mumkin.