Click to‘lov tashkiloti 2025-yilning birinchi yarmi yakunlarini sarhisob qildi. Kompaniya asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha barqaror o‘sishni davom ettirdi: daromad 29,6%ga, aktivlar esa 37,4%ga o‘sdi.
Texnik platforma kuchayishi asosida o‘sish
Hisobotga ko‘ra, 2025-yilning ikkinchi choragida (2024-yilning shu davriga nisbatan):
- daromad 353,4 mlrd so‘mni tashkil etdi (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 29,6%);
- sof foyda 154,7 mlrd so‘mga yetdi (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 32,2%);
- aktivlar 336,8 mlrd so‘mga o‘sdi (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 37,4%);
- o‘z kapitali — 171,5 mlrd so‘m (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 44,1%).
SupperApp’ning kuchli dinamikasi
Ko‘rsatkichlarning o‘sishiga SupperApp’ning kengayishi yordam berdi. Chorak davomida mazkur xizmatdan foydalanish sur’ati oshdi:
“Mening avto”: sug‘urta va ishonchnomalarni rasmiylashtirish, jarimalarni to‘lash, hujjatlarni saqlash. Shuningdek, ikkinchi chorakda yangi funksiyalar paydo bo‘ldi: yoqilg‘i quyish shoxobchalari va avtoyuvish shoxobchalari xaritasi, avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqalar.
Kundalik ehtiyojlarni qoplaydigan mini-ilovalar soni ko‘paydi:
- oziq-ovqat va gul yetkazib berish;
- chipta xarid qilish;
- an’anaviy kundalik xizmatlar uchun to‘lov.
Shuningdek, Click texnologiyalarga faol sarmoya kiritmoqda. Kompaniyada ilg‘or tahlil va sun’iy intellekt mahsulotlari laboratoriyasi faoliyat yuritadi. Ilova so‘nggi PCI DSS 4.0 xavfsizlik standarti bo‘yicha sertifikatlangan va unda firibgarlikka qarshi avtomatlashtirilgan tizim joriy qilingan.
ESG’ga e’tibor: ijtimoiy va ekologik loyihalar
Click barqaror rivojlanish sohasidagi tashabbuslarni rivojlantirishda davom etmoqda. O‘tgan yarim yilning o‘zida “Inson uchun” platformasi orqali bolalar va oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish uchun 6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ to‘plandi.
Yashil Meros loyihasi doirasida foydalanuvchilar to‘plangan ekoballar hisobiga daraxt ekmoqda. Loyiha ishga tushirilganidan beri 136 218 nafar foydalanuvchi unda ishtirok etdi, ulardan 8238 nafari allaqachon virtual urug‘larni ekkan. Bugungi kungacha jami 1629 ta daraxt ekildi. Loyiha davomida 128 385 014 ta ekoball taqdim etildi, ilovadagi kunlik faollik esa 3741 ta tashrifga yetadi.
Reklama huquqlari asosida.