Tanish holat: biron inson muassasaga kiradi, lekin ekran o‘chirilgan yoki uxlash rejimida. Devorda esa yarim yillik eskirgan menyu osilib turibdi. Xodimlar YouTube’da sevimli musiqa yoki kliplarini qo‘yib olgan. Boshqa joylarda esa pleyer tugmalari ko‘rinib turibdi yoki fleshkadagi fayllar ro‘yxati ekranda aks etmoqda. Natija — yo‘qotilgan foyda.
Ko‘plab biznes egalari ekranlarni faqat “zamonaviy ko‘rinish uchun” o‘rnatadilar, lekin ular qanday ekran tanlash kerakligini va undan reklama uchun qanday samarali foydalanishni bilmaydilar. Kontent muntazam yangilanishi zarur, ammo inson omili tufayli bu kechikadi yoki umuman amalga oshmaydi.
Endi tasavvur qilib ko‘rsak: bir martta bosish bilan narxlarni yangilanadi, aksiyalarni boshlanadi yoki mahsulot reklamasini chiqaradi. Ortiqcha xarajatlar yo‘q. Filiallardagi insoniy xatolarga o‘rin yo‘q. Ekranlar to‘liq nazorat ostida va kontent o‘z vaqtida yangilanadi.
Aynan shunday Smartcast texnologiyasi — oddiy ekranlarni kuchli savdo vositasiga aylantiruvchi tizim — dunyoga keldi.
2023-yilda O‘zbekistonlik dasturchilar jamoasi bitta oddiy savol berdi: “Nega muassasalardagi ekranlar shunchaki osilib turadi-yu, biznesga hech qanday foyda keltirmaydi?” Javob topilmadi. Lekin yechim topildi.
Shu tariqa Smartcast yaratildi — yuzlab ekranlarni bitta shaxsiy kabinetdan boshqaradigan markazlashtirilgan servis. Faqat internet va televizor kerak. Agar televizor “Smart” bo’lmasa ham — maxsus Smartcast TV Box bu muammoni hal qiladi.
Dastlabki foydalanuvchilar HoReCa segmenti bo‘ldi, bu yerda menyu, chegirmalar va aksiyalar deyarli har kuni o‘zgaradi. Keyinchalik xizmat chakana savdo, fitnes klublar, dorixonalar, klinikalar, avtomoykalar, ishlab chiqarish korxonalari va hatto yoqilg‘i quyish shoxobchalarigacha yetib bordi.
Tizim transport xarajatlarini bartaraf etadi, xodimlarga qaramlikni kamaytiradi va ekranlarni to’laqonli savdo va muloqot kanaliga aylantiradi.
Biznes nafaqat qulay vosita, balki aniq natijalar ham oladi: kontentni boshqarish vaqti 90% gacha qisqaradi, savdo hajmi 30% gacha oshadi, mijozlarning sodiqligi esa vizual kontent tufayli kuchayadi.
2023-yil oxirida Aloqa Ventures venchur fondi Smartcast salohiyatini yuqori baholab, loyihaga sarmoya kiritdi. Bu mablag‘lar yordamida zarur qurilmalar xarid qilindi, platforma takomillashtirildi, marketing yo‘lga qo‘yildi, jamoa kengaytirildi va natijada savdo hajmi sezilarli darajada oshdi. Keyingi qadam sifatida Smartcast Media reklama marketpleysi ishga tushirildi.
Bu platforma orqali ekran egalari reklama ko‘rsatish evaziga daromad olishadi, reklama beruvchilar esa o‘z kampaniyalarini joylashtiradi va ularning samaradorligini real vaqtda kuzatib boradi.
Bugungi kunda Smartcast’dan Bellissimo, Feed Up, Perfetto, Max Way kabi brendlar, shuningdek, o‘nlab mahalliy va xalqaro kompaniyalar foydalanmoqda. Startap allaqachon Qozog‘iston va Saudiya Arabistoni bozorlariga chiqqan.
Keyingi qadam sifatida Smartcast Media reklama marketpleysi ishga tushirildi. Bu platforma orqali ekran egalari reklama ko’rsatish evaziga daromad olishadi, reklama beruvchilar esa o‘z kampaniyalarini joylashtiradi va ularning samaradorligini real vaqtda kuzatib boradi.
Sifatli va tushunarli kontent kerak bo‘lsa — ichki dizaynerlar jamoasi menyu va reklama materiallarini qulay narxlarda tayyorlab beradi. Bu shtatdagi dizayner ushlamasdan, tez va professional materiallar olish imkonini beradi.
Kompaniya faoliyati boshlanganidan buyon Smartcast aylanmasi 10 baravar o‘sdi, tizim boshqarayotgan ekranlar soni esa 2500 dan oshib ketdi.
“Smartcast — bu reklama agentliklari, integratorlar va investorlar bilan hamkorlikka ochiq. Bizda xalqaro bozorlar uchun katta rejalar bor va biz bilan birga o‘sishga tayyor bo‘lgan sheriklarni izlayapmiz”, — dedi Smartcast bosh direktori Ruslan Rahmatov.
Smartcast — O‘zbekistonda texnologik va kengaytiriladigan startap yaratish mumkinligini isbotlagan loyiha. U grantlarsiz va balandparvoz va’dalarsiz, balki faqat aniq biznes muammolarini samarali hal qilish orqali rivojlanmoqda.
Sayt: smartcast.uz
Facebook: fb.com/Smartcast
Instagram: @smartcastuz
Telegram: t.me/smartcast_channel
Reklama huquqlari asosida.