Buyuk Britaniya hukumatining Chevening xalqaro stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
Unda dastur ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatlar talabalari magistratura darajasi uchun ishtirok etishlari mumkin. O‘zbekiston bu ro‘yxatda mavjud.
Grantlar Buyuk Britaniyaning 150 dan ortiq universitetlarida istalgan magistrlik darajasini olish uchun stipendiatlarga to‘liq moliyaviy yordam, shuningdek, eksklyuziv akademik, professional va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.
Qabul qilingan talabalar quyidagilarga ega bo‘ladi:
- universitet o‘qish to‘lovlari;
- oylik stipendiya;
- borish va qaytish uchun aviachipta;
- joylashish hamda jo‘nab ketish xarajatlari;
- viza va sug‘urta xarajatlari;
- tadbirlarda qatnashish xarajatlari.
Arizalar dasturning onlayn tizimi orqali qabul qilinadi. Agar arizada xatolar kuzatilsa qabul qilinmaydi hamda ularni topshirgandan keyin o‘zgartirish mumkin emas.
Dasturda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalarni havola orqali joriy yilning 7-oktabrigacha jo‘natishlari mumkin.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
Foydali havolalar:
- dastur talablari;
- arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish muddatlari.
Avvalroq Spot mahalliy OTMlarga magistratura uchun qabul kvotalari tasdiqlangani haqida yozgandi.
Bundan tashqari, magistratura bosqichi uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati ma’lum qilindi.