O‘zbekistonda 73 mingdan ortiq elektromobil ro‘yxatdan o‘tkazildi, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
1-iyul holatiga ko‘ra, ro‘yxatga olingan elektromobillar soni 73,6 mingtaga yetgan. Aprel oyidan boshlab ularning soni 12,88% ga yoki 8,4 ming donaga ko‘paygan.
Hududlar kesimida Toshkent shahri tomon kuchli og‘ish kuzatilmoqda. Boshqa hududlarga to‘rtdan biridan kamroq elektromobil to‘g‘ri keladi. Aprel-iyun oylarida poytaxtda ro‘yxatdan o‘tgan elektromobillar ulushi biroz kamayib, 76,2% dan 75,8% ga tushgan.
Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida 55,82 mingta elektromobil mavjud bo‘lib, bu ko‘rsatkich ikkinchi chorakda 12,25% ga oshgan.
Ikkinchi o‘rinda poytaxtdan 10 baravardan ko‘proq ortda qolgan Toshkent viloyati turibdi — 5262 ta (aprel-iyun oylarida 16,62% ga o‘sgan).
Kuchli beshlikka Samarqand (2075 ta, +19,32%), Xorazm (1659 ta, +17,24%) va Qashqadaryo (1519 ta, +13,53%) viloyatlari ham kirgan.
Yarim yil ichida O‘zbekiston 14,35 mingta elektromobil import qildi — birinchi yarim yillikda avtotransport importining yarmidan ko‘pi elektromobillarga to‘g‘ri keladi.
Birgina iyun oyida yetkazib berish 4567 donani (oylik importning 76%i) tashkil etdi. Mahalliy bozorga avtotransport yetkazib berish bo‘yicha yetakchilikni Xitoy saqlab qolmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida O‘zbekistonda elektr yoqilg‘i quyish shoxobchalari soni 2,5 barobarga oshib, 1399 taga yetdi, Toshkent shahrida esa qariyb uch barobarga oshib, 820 taga yetdi.
Barcha quvvatlash stansiyalarining qariyb 70%i poytaxt va Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi, ulardan foydalanuvchilar soni esa 92 ming kishiga yetdi.
Avvalroq Spot O‘zbekistonda Cobalt ishlab chiqarish ketma-ket uchinchi oy pasaygani haqida yozgandi.
Birinchi yarim yillikda Damas, Tracker, Kia va Haval avtomobillarida ishlab chiqarish o‘sdi. Chery va Onix’da hajmning biroz pasayishi qayd etildi.