Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

8-avgust kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Yangihayot va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Binokor” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 78 ta bir qavatli kotejlar;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta.

Sergeli tumani (11:00 dan 16:00 gacha): “Eshonbuloq” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 580 ta yerli xonadon, 2 ta 2 qavatli uy;
  • Ulgurji iste’molchilar soni 18 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.