O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining Mobilraqam platformasida eng qimmat mobil raqamlardan biri uchun savdolar yakunlandi. Bu haqda savdo maydonchasida keltirilgan.

Mazkur auksion joriy yilning 8-avgustida boshlanib, bir hafta — 15-avgust kunigacha davom etdi.

Savdo davomida raqam 70% ga — 500 mln so‘mdan 850 mln so‘mgacha qimmatlashdi.

G‘olib 50 mln so‘m zakalat puli hamda 27 mln so‘m vositachilik yig‘imini to‘lashi kerak bo‘ladi. Shuningdek, savdolar o‘tkazilgandan so‘ng 10 ish kuni ichida raqam rasmiylashtirilishi kerak.

auksion, beeline, mobil raqam, tovar-xom ashyo birjasi, uzex

Jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan mobil raqam Beeline diapazoniga tegishli. Spot manbalarining xabar berishicha, gap (+998) 91 000 00 00 raqami haqida ketmoqda.

2024-yilning mart oyida Mobilraqam platformasida eng qimmat “chiroyli” telefon raqami — (+998) 20 000 00 00 savdolardan chiqarildi. Auksion davomida u besh baravardan ko‘proq — 1,07 mlrd so‘mgacha qimmatlashdi.

Avvalroq, Spot Beeline Raqobat qo‘mitasi talabiga binoan abonentlarga kunlik abonent to‘lovlarini yoqish va o‘chirishga ruxsat bergani haqida yozgandi.