O‘zbekistonlik talabalar dunyo rekordini yangilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, joriy yilning 18-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 ming nafar yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 2 mingta robotni yig‘ib, ularni ishga tushiradi.

“Talaba-yoshlarimiz bu ishi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda”, — deb yozdi Umarova.

Tadbirda poytaxt, shuningdek, mamlakatning turli hududlaridan kelgan minglab yoshlar ishtirok etadi. Ular orasida Prezident maktablari o‘quvchilari, imkoniyati cheklangan yosh muhandislar ham bor.

ginnes rekordlari kitobi, muhandislik, rekord, robot, texnologiyalar

Hilola Umarovaning ma’lum qilishicha, 2023-yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan. O‘zbekistonlik yoshlar esa bu ko‘rsatkichdan yuqori natijani qayd etishni ko‘zda tutgan.

Avvalroq biznes IT Park Uzbekistan’da “ingliz huquqi"ni joriy etishni taklif qilgani haqida xabar berilgandi. Texnopark hozirda ingliz huquqi tamoyillarini qo‘llagan holda Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.