Toshkent shaharining ayrim ko‘chalari avtomobil harakati uchun cheklanadi. Bu haqda Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tumandagi Farhod ko‘chasining Shuhrat chorrahasidan “Chilonzor” metro bekati chorrahasigacha bo‘lgan yo‘l yopildi.

Yo‘l issiqlik tarmoqlari quvurlarini yangisiga almashtirish ishlari olib borilishi sabab yopiladi.

chilonzor, ta'mirlash, toshkent shahri, yo'l

Cheklov 18-avgustdan 30-avgustgacha davom etadi. Hokimlik yo‘lovchilar va haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishni so‘ramoqda.

Avvalroq Toshkent yer usti metrosining 6 ta bekati ta’mirlash uchun vaqtincha yopilishi haqida xabar berilgandi.