Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlangani haqida xabar berilgandi. Unda o‘tgan sakkiz yilda mamlakatga $230 mlrd investitsiya jalb qilingani, shundan $120 mlrddan ortig‘i xorijiy sarmoya ekanligi qayd etildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan hafta 200 dan ortiq to‘qimachilik korxonalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 7 trln so‘mlik tashabbuslar e’lon qilingan.
Tez kunlarda to‘qimachilikda “ishonchli eksportchi” dasturi boshlanib, eksport oldi moliyalash tizimi yo‘lga qo‘yiladi va buning uchun $200 mln yo‘naltiriladi.
Bu elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat, farmatsevtika kabi eksport salohiyati yuqori, lekin imkoniyatlari to‘liq ishga solinmagan sohalar uchun ham joriy etiladi.
Uchrashuvda ushbu sohalardagi tadbirkorlarningi aylanma mablag‘i uchun $500 mln berilishi qayd etildi.
Har bir tarmoqning sifati kafolatlangan, raqobatdosh 10 tadan mahsulotga “O‘zbekiston ramzi” sifat belgisini berib, ularni dunyoga tanitish uchun katta targ‘ibot kampaniyasi boshlanadi.