Meta “superintellekt” laboratoriyasini qayta tashkil etib, to‘rtta alohida jamoaga bo‘ladi. Bu so‘nggi olti oy ichida amalga oshirilgan to‘rtinchi qayta tashkillashtirishdir.
Kompaniyaning sun’iy intellekt yo‘nalishi tuzilmasidagi o‘zgarishlar haqida Bloomberg va The Information nashrlari kompaniyaning ichki hujjatlarini o‘rganib chiqib ma’lumot bermoqda.
Uning maqsadi insondan ko‘ra yaxshiroq vazifalarni bajara oladigan tizimni ishlab chiqishni tezlashtirishdir. Bundan tashqari, kompaniya so‘nggi vaqtlarda ishga olgan xodimlardan eng samarali tarzda foydalanishni xohlaydi.
“Superintellekt” laboratoriyasi to‘rtta jamoaga bo‘linadi. TBD Lab kompaniyaning sun’iy intellekt yordamchisi asosidagi yirik Meta til modellarini nazorat qiladi.
Unga kompaniyaning sun’iy intellekt startapiga sarmoya kiritganidan so‘ng Metaga o‘tgan Scale AI sobiq bosh direktori va hammuassisi Aleksandr Van rahbarlik qiladi.
FAIR sun’iy intellekt bo‘yicha fundamental tadqiqotlar va uzoq muddatli loyihalar bilan shug‘ullanadi. GitHub’ning sobiq bosh direktori Nat Fridman boshchiligidagi uchinchi jamoa Meta* mahsulotlariga ishlanmalarni joriy etadi, MSL Infra bo‘limi esa sun’iy intellektni rivojlantirish uchun infratuzilmani ta’minlashga e’tibor qaratadi.
Avgsut boshida BI Meta kompaniyasi xodimlari “superintellekt” laboratoriyasining “imtiyozli” mavqeidan va boshqa kompaniyalardan tadqiqotchilarni o‘ziga jalb qilayotganidan norozilik bildirayotgani haqida yozgandi.
OpenAI rahbari Sem Altman iyun oyida Meta kompaniyasi uning jamoasidagi xodimlarga $100 mlnlik bonus va yillik ish haqi taklif qilganini, ammo “eng yaxshi xodimlar"dan hech biri bu taklifni qabul qilmaganini ma’lum qildi.
New York Times Mark Sukerberg 24 yoshli tadqiqotchiga $125 mln taklif qildi, ammo u rad etgani haqida xabar bergandi.
Keyin Sukerberg taklifni ikki baravarga oshirib, $250 mlnlik aksiyalar va naqd puldan iborat to‘rt yillik kompensatsiya paketini taklif qildi hamda kelishuvga erishdi.
Avvalroq Spot Meta Apple muhandisini $200 mln evaziga o‘z jamoasiga ishga olgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, Apple muhandisi jamoada inson darajasida yoki undan yuqori vazifalarni bajara oladigan sun’iy intellekt tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.