O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida necha kun dam olishi ma’lum qilindi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, “1-sentabr — Mustaqillik kuni” munosabati bilan:
- 5 ish kuni ishlovchilar 3 kun — 30-avgust (shanba), 31-avgust (yakshanba) va 1-sentabr (bayram) kunlari;
- 6 kun ishlovchilar esa 2 kun — 31-avgust (yakshanba) va 1-sentabr (bayram) kunlari dam oladi.
Vazirlikning qayd etishicha, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan va dam olish kunlari ko‘chirilmagan.
Bundan tashqari, Bandlik vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2025-yilga mo‘ljallangan ish vaqti me’yorlari davomiyligi taqvimida ham Mustaqillik bayramidagi dam olish kunlari sifatida 1-sentabr belgilangan.
Avvalroq O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 5,1% gacha kamaygani haqida xabar berilgandi. Yil boshidan buyon ko‘rsatkich 0,4% ga pasaygan. Bugungi kunda ishlashga tayyor fuqarolarning 14,6 mlni ish bilan band.