E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Ma’lumotlar banklar va xizmatlarning rasmiy veb-saytlari maʼlumotlaridan, shuningdek, call-markaz operatorlari va boshqa xizmat ko‘rsatish kanallari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlardan foydalanilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Spot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
Spot UZCARD va HUMO to‘lov tizimlarining bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari komissiyalarni o‘rganib chiqdi.
Shu bilan birga, mobil ilovaga ulangan o‘z kartalari va uchinchi tomon banklarining kartalaridan pul o‘tkazmalari uchun komissiyalar hisobga olindi.
O‘zbekistondagi to‘lov xizmatlari, an’anaviy va raqamli banklarning mobil ilovalaridagi pul o‘tkazmalari shartlarini solishtirdik. Mobil ilovada kartadan kartaga o‘tkazish imkoniyatidan mamlakatdagi 7 ta to‘lov xizmati va 28 ta bank foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.
To‘lov xizmatlari
Alif’da ham oylik chegara ikki bosqichga bo‘lingan: 7 mln so‘mgacha komissiya 0,35%, 7 mln so‘mdan yuqori — 0,55% ni tashkil etadi. Identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilar uchun alohida 1 mln so‘mlik limit joriy qilingan. Ushbu limit doirasidagi pul o‘tkazmalari komissiyasiz amalga oshiriladi.
Paynet “Transfer” paketi doirasida 3 mln so‘mgacha bo‘lgan pul o‘tkazmalarini bepul amalga oshirish imkonini beradi. Ilovada 500 ta tanga to‘plansa, bu limitni 5 mln so‘mgacha ko‘tarish mumkin. Ilova orqali sarflangan har 1000 so‘m uchun 1 tanga hisobga qo‘shiladi.
Payme ilovasida 1,1% komissiya olinadi. Agar Payme plus “Hammasi ichida” obunasi mavjud bo‘lsa, 5 mln so‘mgacha foizsiz o‘tkazmalar amalga oshirish mumkin.
To‘lov xizmati nomi | UZCARD/UZCARD UZCARD/HUMO | HUMO/HUMO | O‘z kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalari |
0,35−0,55% | |||
0,7% | |||
0,4% | 0,1% | - | |
0,9% | 0,5% | ||
0,5% | 0,1% | - | |
1,1% | |||
1,1% | |||
Banklar
Quyidagi jadvalda an’anaviy va raqamli banklarning mobil ilovalaridagi pul o‘tkazmalari uchun belgilangan komissiyalar ko‘rsatilgan. Aksariyat banklarda bu komissiyalar 0,5% ni tashkil etadi.
Eng yuqori komissiya TBC Bankda qayd etilgan — HUMO va UZCARD virtual kartalari uchun 1,99%. Jismoniy kartalardagi o‘tkazmalar 1,5% ga teng. TBC Bankdan Salom Card mavjud bo‘lganda, bank ilovasi orqali pul o‘tkazmalari komissiyasiz amalga oshiriladi.
2026-yil 31-martgacha Uzum Bank aksiyasi amal qiladi, uning doirasida Uzum kartalaridan HUMO va UZCARD kartalariga pul o‘tkazmalarini bepul amalga oshirish mumkin. Har oyda 100 mln so‘mgacha mablag‘ni komissiyasiz o‘tkazish mumkin. Aksiyaga ulanish uchun transport, muddatli to‘lov va mikroqarzdan tashqari Uzum kartasi bilan beshta to‘lovni amalga oshirishingiz kerak.
Hamkorbankda esa 5 mln so‘mgacha pul o‘tkazmalarini foizsiz amalga oshirish mumkin.
Biznesni rivojlantirish bankida oylik limitlar mavjud bo‘lib, ulardan oshib ketganda 0,5% miqdorida komissiya undiriladi. Bank ichidagi kartalar o‘rtasida 100 mln so‘mgacha, boshqa banklarga 10 mln so‘mgacha, boshqa banklardan BRB kartalariga 5 mln so‘mgacha pul o‘tkazish bepul amalga oshiriladi. Elektron hamyonlardan bankga pul o‘tkazish har qanday holatda bepul hisoblanadi.
Ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi.
Bank nomi | UZCARD/UZCARD UZCARD/HUMO | HUMO/HUMO | O‘z kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalari |
0,5% | 0% | ||
0,7% | 0% | ||
0,5% | 0% | ||
0,4% | |||
0,5% | 0,3% | ||
| AVO Bank | 1,5% | ||
0−0,5% | 0% | ||
0,5% | 0,40% | ||
0−0,40% | |||
| Hamkorbank | 0−0,5% | 0% | |
| Hayotbank* | 0,50% | 0% | |
0,25% | 0% | ||
0,75% | 0% | ||
0,75% | 0% | ||
0,7% | 0.6% | ||
0,5% | |||
0,5% | 0,1% | 0% | |
0,5% | |||
0,50% | 0,10% | ||
| Openbank | 0,5% | ||
0,70% | 0,10−0,30% | ||
1,99% | 0% | ||
0,3% | 0% | ||
0,5% | 0,25% | ||
0,8% | 0% | ||
| O‘zmilliybank*** | 0,5% | 0% | |
| O‘zsanoatqurilishbank | 0,5% | 0,25% | |
| Xalq banki* | 0,5−0,6% | 0,25% | |
* — Pasport ma’lumotlari va selfi fotosuratini kiritmasdan, bank kartalarini ulash va kartalar o‘rtasida pul o‘tkazish mumkin emas. Bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan.
** — Kartalarni OFB ilovasiga ulash uchun sizda bank tomonidan chiqarilgan karta bo‘lishi kerak.
*** — Bankning ish haqi bo‘yicha mijozi bo‘lganda 10 mln so‘mgacha komissiyasiz o‘tkazmalar yuborish mumkin.