Mijozlar kontaktsiz to‘lovni amalga oshirish uchun iPhone yoki Apple Watch’ni to‘lov terminaliga yaqinlashtirishi kifoya. Apple Pay orqali amalga oshiriladigan har bir xarid Face ID, Touch ID yoki qurilma paroli yordamida tasdiqlanadi. Bundan tashqari, har bir to‘lov uchun noyob, bir martalik dinamik xavfsizlik kodi yaratiladi. Apple Pay’dan oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, taksilar, restoranlar, qahvaxonalar, chakana savdo do‘konlari va boshqa ko‘plab joylarda foydalanish mumkin.

Mijozlar Apple Pay’dan iPhone, iPad va Mac qurilmalarida ilovalar yoki Safari brauzeri orqali internetdagi xaridlar uchun ham foydalanish imkoniyatiga ega. Bunda alohida akkaunt yaratish yoki yetkazib berish va to‘lov ma’lumotlarini har safar qayta kiritish talab etilmaydi. Apple Pay orqali oziq-ovqat va mahsulotlarni yetkazib berish xizmatlari, onlayn xaridlar, transport, avtoturargoh va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish yanada qulaylashadi. Shuningdek, Apple Watch’dagi ilovalarda ham Apple Pay orqali to‘lov qilish mumkin.

Xavfsizlik va maxfiylik — Apple Pay’ning asosiy tamoyillari

Mijoz Apple Pay orqali kredit yoki debet kartasidan foydalanganda, kartaning haqiqiy raqami qurilmada ham, Apple serverlarida ham saqlanmaydi. Uning o‘rniga qurilmaga Device Account Number — noyob qurilma hisob raqami biriktiriladi. U shifrlanadi va to‘lov ma’lumotlarini xavfsiz saqlash uchun mo‘ljallangan, xalqaro standartlarga javob beruvchi maxsus Secure Element chipida himoyalangan holda saqlanadi.

Apple Pay’ni ulash juda oson

iPhone’da Wallet ilovasini oching, “+” tugmasini bosing va Ipak Yuli Bank’ning kredit yoki debet kartasini qo‘shish bo‘yicha ko‘rsatmalarga amal qiling. Karta iPhone, Apple Watch, iPad yoki Mac qurilmasiga qo‘shilgach, mijoz darhol Apple Pay’dan foydalanishni boshlashi mumkin. Shu bilan birga, Ipak Yuli Bank kartalari orqali taqdim etiladigan barcha bonuslar va boshqa imtiyozlar saqlanib qoladi.

Apple Pay haqida batafsil ma’lumot Ipak Yuli Bank va Apple saytlarida.

Ipak Yuli Bank haqida

1990-yilda mustaqil O‘zbekistonning birinchi xususiy banki sifatida asos solingan Ipak Yuli Bank bugungi kunda 4,5 mlndan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatmoqda. Bank chakana, korporativ va investitsion mahsulotlarning keng doirasini taklif etadi, 6 mlndan ziyod kartalarni muomalaga chiqargan hamda 900 dan ortiq bankomat va 20 000 POS-terminaldan iborat tarmoqqa ega.

Raqamli transformatsiyaning yetakchilaridan biri sifatida bank mijozlar tajribasini yaxshilash va barqaror rivojlanishga alohida e’tibor qaratadi. Ipak Yuli Bank We-Finance Code tashabbusiga qo‘shilgan, ESG standartlariga amal qiladi va ISO 9001 hamda ISO 14001 xalqaro sertifikatlariga ega. Bank aksiyadorlari qatorida DEG va Triodos Investment Management kabi nufuzli xalqaro moliya institutlari mavjud.

Bankning ishonchliligi xalqaro reytinglar (Fitch — B, Moody’s — Ba3) va ADB’ning Savdo va Ta’minot Zanjiri Moliya dasturi (TSCFP) doirasidagi Confirming Bank maqomi bilan tasdiqlangan. So‘nggi yillarda Ipak Yuli Bank marketing, raqamli innovatsiyalar, kartalar emissiyasi va barqaror rivojlanish borasidagi yutuqlari uchun Visa, Mastercard, Uzcard va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (EBRD) tomonidan bir qator xalqaro mukofotlarga ega.

“Ipak Yuli Bank — Katta maqsadlar sari”.

Reklama huquqlari asosida.