Kamolaning maoshi barqaror, lekin uzoq vaqt davomida puli keyingi maoshini olmasidan oldin tugab qolardi. Avansdan maoshgacha yashash odat bo'lib qolgani uning g‘ashini keltira boshladi. Kamola pullarining qayerga ketayotganini va qanday qilib ularni saqlab qolish mumkinligini tushunishni xohlardi.
Kamola odatlarini qayta ko‘rib chiqdi va bir qancha odatlaridan voz kechishi unga oyiga 1 mln so‘mdan ortiq tejashga yordam berdi.
Taksi xizmatidan voz kechdi
Avvallari u deyarli har kuni taksi chaqirardi. Bu unga har bir safar o‘rtacha 30 ming so‘mga tushar, oyiga esa 500 ming so‘mdan ortiq sarflardi.
“Endi ko‘proq piyoda yuraman, ba’zida avtobus yoki metrodan foydalanaman. Eng qizig‘i, endi deyarli kech qolmayapman, chunki yo‘lni oldindan ko‘rib, vaqtimni ancha yaxshi rejalashtiradigan bo‘ldim”, — deydi u.
Keraksiz obunalarni bekor qildi
Kamola to‘lovlar tarixini ko‘rib chiqib, har oy kartasidan uzoq vaqtdan beri foydalanmaydigan Litres kitob servisiga 60 ming so‘m yechilayotganini payqadi. Bir vaqtlar avtomatik to‘lovni yoqqan-u, keyin esdan chiqargan ekan. Uni darhol o‘chirib tashladi. Arzimasdek tuyulsa-da, oyiga 60 ming so‘m behuda sarflanayotgan edi.
Uyda ovqat tayyorlab, o‘zi bilan olib ketadigan bo‘ldi
Oldin ish kunlari deyarli har kuni kafeda ovqatlanar yoki yetkazib berish xizmati orqali buyurtma qilardi — bu kuniga kamida 70 ming so‘m degani. Hozir esa Kamola uyda ovqat tayyorlab, konteynerda olib yuradi. Ham mazali, ham qulay.
“Har kuni qahva sotib olishni ham bas qildim. Oldin har tong 31 ming so‘mga kapuchino olardim, hozir esa haftasiga ikki martadan ko‘p emas. Butunlay voz kechganim yo‘q, lekin oyiga deyarli 500 ming so‘m tejaladi”, — deydi Kamola.
Cheklarning QR-kodlarini skanerlay boshladi
Avvallari u cheklarni darrov tashlab yuborardi. Endi esa QR-kodli cheklarni Soliq ilovasi orqali skanerlaydi. Soliq qo‘mitasi xarajatlarning bir qismini qaytaradi. Pulni kartaga o‘tkazib olish mumkin.
“Supermarket, dorixona va kafelardan berilgan cheklarni skanerlayman. Oyiga 200 ming so‘mgacha tushadi. Xarajatlarimning bir qismini qaytarib olish juda yoqimli”, — deydi u.
Bank kartasi orqali bonus oladi
Kamola oziq-ovqat, transport, kosmetika, telefon to‘lovi kabi odatiy xaridlarni Salom Card orqali to‘laydi. Hamkorlardan qilingan har bir xarid uchun pulning bir qismi qaytariladi — ya’ni keshbek tushadi.
O‘tgan oyda u 250 ming so‘mdan ortiq keshbek oldi. Pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartaga tushadi va uni odatiy mablag‘ kabi ishlatilishi mumkin.
Bundan tashqari, bank kartasida 100 ming so‘mdan ko‘proq qoldiq bo‘lsa, har kuni foiz qo‘shilib boradi. Masalan, agar kun oxirida balansda 1 mln so‘m bo‘lsa, bank taxminan 300 so‘m hisoblaydi. Shu tarzda har kuni yig‘ilib, oy oxirida umumlashtiriladi va keyingi oyda kartaga o‘tkaziladi.
Kamola maoshini birdaniga yechib olmaydi. Bir qismini kartada qoldiradi va oy oxirida kichik bonus tushadi. Masalan, iyun oyida uning hisobiga 72 ming so‘m tashlab berilgan.
“Bu odatlar mendan qahramonlik yoki qattiq tejamkorlikni talab qilmaydi. Faqat bir ovqat yeb yurganim yo‘q, tiyin sanab o‘tirganim ham yo‘q, murakkab jadval tuzmaganman. Faqat avtomatik sarflashni to‘xtatdim, xolos. Endi oy oxirida qariyb 1,5 mln so‘m ortib qolyapti. Eng yoqimlisi — pulni men boshqaryapman, u meni emas.
Siz ham o‘z kundalik xarajatlaringizga bir nazar tashlab ko‘ring. Balki sizda ham ko‘zga tashlanmaydigan, lekin aslida anchagina pulni “yeb” yuboradigan ikki-uch odat topilsa ajab emas”, — deya xulosa qildi Kamola.
TBC UZ ilovasi orqali bunday kartani buyurtma qilish mumkin. Kartani bepul chiqarib, yetkazib berishadi. Hech qanday qo‘shimcha xarajat yo‘q.
Reklama huquqlari asosida.