Hammasiga ulgurish siri: rahbar ayollar vaqtini qanday taqsimlaydi?

Spot o‘zbekistonlik tadbirkor va rahbar ayollar bilan suhbatlashib, ularning ish va hayot o‘rtasida muvozanat topish siri va barchasiga ulgurish usullarini o‘rgandi.

hafta yakuni, yangiliklar


Banklardagi mikroqarzlar: 2025-yil avgust oyi bo‘yicha

Kredit muddati uch oydan besh yilgacha, miqdori esa 1 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha bo‘ladi. Foiz stavkalari kreditning muddatiga qarab o‘zgaradi.

hafta yakuni, yangiliklar


Transport, logistika, energetika: Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon va Turkmaniston bilan hamkorlik bo‘yicha qanday takliflar bildirdi?

Prezident O‘zbekiston asosiy bozorlarga biznes uchun eng qisqa chiqishni taʼminlash uchun yuk tashish tariflarini o‘zaro asosda pasaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida necha kun dam oladi?

5 kun ishlovchilar ketma-ket 3 kun, 6 kun ishlovchilar esa 2 kun dam oladi. Qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan va dam olish kunlari ko‘chirilmagan.

hafta yakuni, yangiliklar


“Yangi Toshkent darvozalari barcha tadbirkorlar uchun ochiq” — Shavkat Mirziyoyev

Biznesni soyadan chiqarish bo‘yicha yangi mexanizmlar ko‘paytirilgani hisobiga 139 mingta korxonada ish o‘rinlari 811 mingtaga ko‘paydi, 273 mingta korxona ish haqi fondini 22% ga — 4,6 trln so‘mga oshirdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. OTMlarda yangi o‘quv yili qachon boshlanishi ma’lum qilindi.
    Unga ko‘ra, darslar 1-kurslar uchun 3-sentabrdan, yuqori kurslar uchun esa 8-sentabrdan boshlanadi.
  2. Cobalt ishlab chiqarish hajmi iyul oyida qariyb 30% ga kamaydi.
    Shu bilan birga, Onix ishlab chiqarish hajmi deyarli 1,5 baravar oshdi. KIA va BYD ham ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirdi.
  3. TBC Bank Group OLX Uzbekistan aksiyalarining nazorat paketini sotib oldi.
    OLX TBC Uzbekistan’ga integratsiya qilinadi, biroq u o‘z brendi ostida ishlaydi. Platformada raqamli bank mahsulotlari paydo bo‘ladi.
  4. O‘zbekiston yetti oy ichida 2024-yilga nisbatan ko‘proq oltin sotdi.
    Iyul oyida qimmatbaho metall eksporti $1,09 mlrdni, yil boshidan buyon esa $7,58 mlrdni tashkil etdi (yillik o‘sish 80,9%).
  5. UzAuto Motors yangi model — taxminiy Chevrolet Tahoe 2025'ni taqdim etdi.
    Chevrolet’ning mahalliy veb-saytida RST komplektatsiyasidagi “yangi” Tahoe modeli taqdim etilgan bo‘lib, uning narxi 1,1 mlrd so‘mdan boshlanadi. Yangi modelning rasmiy taqdimoti 25-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
  6. Prezident 2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
    Bu orqali tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining o‘zida ERI olish, hisobraqam ochish va xabarnoma jo‘natish kabi ishlar amalga oshirilib, jarayon hozirgi 1 haftadan 15 daqiqaga qisqaradi.
  7. TikTok va Reels tomosha qilish miya uchun alkogolga qaraganda besh baravar xavfliroq — tadqiqot
    Qayd etilishicha, qisqa videolar diqqatni jamlash, kognitiv qobiliyatlar va hatto xotiraga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ular spirtli ichimliklardan ancha kuchli qaramlik hosil qiladi.
  8. Toshkent viloyatida 10-sentabrdan issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshadi.
    Qayd etilishicha, fuqarolar uchun narxlar joylashuviga qarab 10% ga, korxonalar uchun 95% gacha oshiriladi.
  9. O‘zbekiston Rossiyadan noqonuniy pul olib chiqish bo‘yicha kuchli beshlikka kirdi.
    Qayd etilishicha, noqonuniy valyuta olib chiqish bilan bog‘liq yo‘nalishlarga Turkiya, BAA, Ozarbayjon, Xitoy kabi davlatlar kirdi.
  10. Ortiqxo‘jayevdan Hoshimovgacha: tadbirkorlar kuni munosabati bilan 49 nafar biznes vakili mukofotlandi.
    Mukofotlanganlar qatorida Anglesey Food kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov, Akfa Group kompaniyalar guruhi asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev hamda TBC Uzbekistan bosh direktori Nikoloz Kurdianilar bor.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Yangi davr — yangi yo‘llar" Jahon forumi 55 ta davlatdan biznes va ekspertlarni birlashtiradi

2025-yil 20−21-avgust kunlari Moskva shahrida Xalqaro Yevroosiyo hamkorlik tashkiloti (MOYES) tashabbusi bilan “Yangi davr — yangi yo‘llar” nomli yillik Jahon forumi bo‘lib o‘tadi.


“Hozir sotib ol, keyin to‘la”: ICAN BUSINESS O‘zbekistondagi kompaniyalarga BNPL bilan ishlashda qanday yordam bermoqda

Kompaniya vakillari o‘z vositalari O‘zbekistonda BNPL xizmatlarini rivojlantirish, hisob-kitoblarni avtomatlashtirish, ombor bilan ishlash va biznesga o‘sish uchun ko‘proq imkoniyatlar berishga qanday yordam berishini aytib o‘tdilar.


TBC Business — dam olish kunlarida ham ishlaydigan onlayn bank xizmati

Ushbu onlayn bank xizmati aynan biznesning to‘xtovsiz — istalgan vaqtda va istalgan joyda ishlashi va rivojlanishiga yordam berish uchun yaratilgan.


Yiliga 12 mln so‘mdan ortiq pul tejash imkonini beruvchi 5 ta odat

TBC Bank Kamolaning hikoyasini ulashdi — u moliyasini to‘g‘ri boshqarishni o‘rganib, pul tejash va jamg‘arish yo‘lida unga yordam bergan foydali odatlar haqida so‘zlab berdi. Va ushbu odatlardan biri — bonus beradigan Salom Card.