E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.


Markaziy bankning 25-avgust holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 357,09 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 21-avgust kuni belgilangan 12 413,79 so‘m qiymatga nisbatan 56 so‘m 70 tiyinga pasaydi.

25-avgust kuni sotish kursi O‘zmilliybankda 12 419 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 415 so‘mdan 12 370 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12 320 so‘mdan 12 240 so‘mgacha yetdi.


Spot ekspertlarning dollar qadrsizlanishi, oltin eksporti va pul o‘tkazmalarining o‘sishi hamda so‘m mustahkamlanishi haqidagi fikrlarini taqdim qildi.

Tahlilchilarning fikricha, mamlakatga valyuta oqimining kirib kelishi so‘m barqarorligiga yordam beradi. Biroq, uning mustahkamlanishi import tovarlarining arzonlashishiga ta’sir qilmasligi mumkin. Yil oxiri bilan dollar kursi 12 700−12 800 so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.