Buklanuvchan iPhone kelasi yil taqdim etilishi kutilmoqda, bu haqda Bloomberg‘ning Mark Gurman tomonidan yuborilgan Power On xabarnomasi ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, buklanuvchan smartfon to‘rtta kamera bilan jihozlanadi: orqa panelda ikkita, old tomonda bitta va “ichki” tomonda yana bitta kamera o‘rnatiladi.

Kelgusi yangi qurilmaning dizayni va o‘lchamlari buklanuvchan kitobni eslatadi. Korpus ranglari: hozircha faqat oq va qora. Buklanuvchan iPhone o‘zining Apple C2 uyali modemiga ega bo‘ladi. SIM-karta uchun joy bo‘lmaydi.

Shuningdek, qurilma Face ID sensori bilan emas, Touch ID bilan jihozlanadi. In Cell ekran texnologiyasi buklanuvchan iPhone’ning buklangan qismini iloji boricha kamroq sezilishiga yordam beradi.

Ta’kidlanishicha, Apple yangi buklanadigan iPhoen’ni 2026-yilda taqdim qilishi kutilmoqda.

Insayder Ming-Chi Kuoning aytishicha, Apple buklanadigan qurilma displeyi masalasida qarorga kelganini ma’lum qildi. Uni Samsung Display ishlab chiqaradi.

Kompaniya yiliga 7−8 mln dona shunday ekranlar tayyorlashi kutilmoqda, ularni yaratish jarayoni esa bir necha oy davom etishi taxmin qilinmoqda.

Yaqinda yangi iOS 26 iPhone 16 va undan yangi Apple smartfon modellariga uchinchi tomon simsiz quvvatlagichlaridan tezroq quvvat olish imkonini berishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.


Avvalroq Spot Apple yangi iPhone modellarida Camera Control tugmasidan voz kechishi mumkinligi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, iPhone 16 seriyasining asosiy yangiliklari orasida bo‘lgan kamerani boshqarish tugmasi iPhone 17 bilan cheklanadi.