E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.


Markaziy bankning 26-avgust holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 305,80 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 22-avgust kuni belgilangan 12 357,09 so‘m qiymatga nisbatan 51 so‘m 29 tiyinga pasaydi.

26-avgust kuni sotish kursi Kapitalbankda 12 380 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 367 so‘mdan 12 315 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12 305 so‘mdan 12 240 so‘mgacha yetdi.


Spot ekspertlarning dollar qadrsizlanishi, oltin eksporti va pul o‘tkazmalarining o‘sishi hamda so‘m mustahkamlanishi haqidagi fikrlarini taqdim qildi.

Tahlilchilarning fikricha, mamlakatga valyuta oqimining kirib kelishi so‘m barqarorligiga yordam beradi. Biroq, uning mustahkamlanishi import tovarlarining arzonlashishiga ta’sir qilmasligi mumkin. Yil oxiri bilan dollar kursi 12 700−12 800 so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.