Avvalroq Silk Avia 1-sentabrdan 24-oktabrgacha Termiz, Buxoro, Farg‘ona va Navoiyga parvozlarning bir qismini “ATR-72 samolyotlarida rejali tartibga solish ishlari” tufayli bekor qilgani haqida yozgandi. Toshkentdan Namanganga parvozlar sentabr oyining o‘rtalariga qadar to‘liq to‘xtatildi.
Uzbekistan Airways yo‘lovchi oqimini qondirish maqsadida qo‘shimcha aviaqatnovlarni joriy etdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Shu maqsadda aviakompaniya Toshkentdan Termiz, Buxoro, Farg‘ona, Navoiy va Namanganga parvozlar sonini ko‘paytiradi.
Qayd etilishicha, mazkur qo‘shimcha aviaqatnovlar Airbus A320 havo kemalarida quyidagi vaqtlarda amalga oshiriladi:
- Toshkent-Termiz-Toshkent: 1-sentabrdan 29-sentabrgacha (dushanba, chorshanba va juma kunlari)
- Toshkent-Buxoro-Toshkent: 9-sentabrdan 30-sentabrgacha (seshanba va juma kunlari)
- Toshkent-Farg‘ona-Toshkent: 6-sentabrdan 27-sentabrgacha (shanba kunlari)
- Toshkent-Navoiy-Toshkent: 10, 17 va 24-sentabr;
- Toshkent-Namangan-Toshkent: 2-sentabrdan 30-sentabrgacha (seshanba va payshanba kunlari).
Bekor qilingan Silk Avia reyslari yo‘lovchilariga chiptalar narxi to‘liq qaytariladi yoki ularning xohishiga ko‘ra Silk Avia yoki Uzbekistan Airways’ning bir xil yo‘nalishlardagi boshqa reyslariga bepul qayta bron qilinadi.
Avvalroq Spot O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi haqida yozgandi.