28-avgust kuni Kinopoisk Gazeta jamoasi tomonidan suratga olingan “Ko‘rinmas medal” hujjatli filmining eksklyuziv namoyishini boshladi. Filmda futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlariga ilk bor yo‘l olgani haqida hikoya qilinadi.
Kartinada o‘yinchilar, murabbiylar va ularning oila a’zolarining ko‘pincha kadr ortida qolib ketadigan shaxsiy hikoyalari orqali ushbu muvaffaqiyatning yashirin tomonlari ochib berilgan.
Hujjatli film O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) va Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) bilan hamkorlikda tayyorlandi. Suratga olish ishlarida DBLA studiyasi ham ishtirok etdi. Yandex Uzbekistan va Ishonch do‘konlar tarmog‘i filmning bosh homiylari bo‘ldi.
Filmni suratga olish ishlari 2024-yil iyun oyida boshlangan. Bu paytda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U23 Osiyo kubogi yarim finalida Indoneziyani mag‘lub etib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgandi.
Filmni mazkur havola orqali tomosha qilish mumkin.
“Ko‘rinmas medal” filmida o‘zbek futbolining yangi qahramonlari qanday yo‘lni bosib o‘tgani, mashaqqatli mehnat va qat’iyati bilan ko‘plab to‘siqlarni yengib, ushbu sport turi muxlislarining azaliy orzusini ro‘yobga chiqargani ko‘rsatib berilgan.
Filmda o‘zbek futbolining porlayotgan yulduzlari — Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov, Husayn Norchayev, Abduvohid Ne’matov, Zafarmurod Abdurahmatov, Asadbek Rahimjonov va boshqalar o‘zlarining futbolchi bo‘lishlarida muhim rol o‘ynagan hayotiy hikoyalari bilan birinchi marta o‘rtoqlashishdi.
Shuningdek, kartinada tarixiy natijaga erishish uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati hamda Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida hikoya qilinadi.
Film bosh homiysi bo‘lmish Ishonch Savdo do‘konlar tarmog‘ining kreativ direktori Zamira Rahmonovaning ta’kidlashicha, ushbu loyiha shunchaki navbatdagi homiylik kollaboratsiyasi emas.
“Bu, ko‘proq, qadriyatlarimizning film missiyasiga mos tushgani haqida. Asosiy tamoyillarimiz har dam insonlar atrofida shakllanib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda — ularning orzulari, intilishlari va yaxshiroq hayotga erishish yo‘llari haqida, bu esa „Hayotni hozirdan boshlang“ degan shiorimizda yaqqol aks etadi. Ishonch loyihasi medallar yoki shohsupalarga emas, balki har bir insonning intilishlari, motivatsiyasi va samimiy tuyg‘ulariga bag‘ishlangan. Shunday qilib, biz bilan Ishonch tantanali g‘alabalardan emas, balki katta yutuqlarga olib boradigan kichik qadamlardan paydo bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Zamira.
Hujjatli filmning bosh homiysi Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov Olimpiadaga ilk bor chiqish butun mamlakat uchun katta voqelik bo‘lganini eslatib o‘tdi.
“Ammo bu hikoyada eng ko‘p ta’sirlantiradigan narsa bu — bosib o‘tilgan yo‘l: intizom, mas’uliyat, bir-biriga madad berish, ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi va ishonchi. Biz filmni qo‘llab-quvvatladik, sababi bunday misollar yoshlarga bu tajribani saqlab qolish va uni kelgusida — ertaga maktab hovlisida yoki katta stadionda maydonga tushadiganlarga yetkazish uchun kerak. Matonat va qadr-qimmatdan saboq bergani uchun terma jamoaga, murabbiylar shtabiga va oilalarga rahmat aytamiz”, — dedi Izzat.
Hamkorlik materiali.