Toshkentdagi U-Enter innovatsion markazida PizzaPitch Women tanlovi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Spot’ga PizzaPitch platformasi xabar berdi.
Tanlov xotin-qizlar tomonidan asos solingan yoki ularning faol ishtirokida tashkil etilgan startaplar uchun mo‘ljallangan. Tadbir Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.
Ishtirokchilar o‘z loyihalarini biznes sohasidagi ekspertlar, investorlar va startap ekotizimi vakillari oldida taqdim etishlari, shuningdek, potensial hamkorlar bilan aloqa o‘rnatishlari mumkin bo‘ladi. Bitta taqdimotga 5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Ishtirokchilar uchun qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, keyingi rivojlanishda qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan. Tadbir doirasida shaxsiy maslahatlar va mentorlik sessiyalari tashkil etiladi.
5 ta g‘olib loyihalar Amsterdamda o‘tkaziladigan ta’limiy dasturda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dastur safar va o‘quv xarajatlarini to‘liq qoplaydi, viza masalalari ishtirokchilarning o‘zi tomonidan hal qilinadi.
Tadbir 13-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Arizalarni 7-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 gacha PizzaPitch veb-saytida topshirish mumkin.
Avvalroq Spot Digital Startup Awards tanloviga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.
O‘zbekistonlik loyihalar tanlovning uchta yo‘nalishidan — eng yaxshi startap loyihasida ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin.