Kraft Heinz kompaniyasi biznesni ikkita mustaqil ommaviy kompaniyaga ajratish rejasini e’lon qildi.

Korporatsiya xabarida aytilishicha, bu qaror boshqaruv shaffofligini oshirish va strategik ustuvorliklarni takomillashtirishga qaratilgan.

Rahbariyat fikricha, bunday yondashuv kompaniyaning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish hajmini saqlab qolgan holda samaradorlikni oshirish imkonini beradi.

Direktorlar kengashining ijrochi raisi Migel Patrisio ta’kidlashicha, hozirgi tuzilma kapitalni samarali taqsimlashni qiyinlashtirmoqda. Qayta tashkil etish natijasida kompaniyalar asosiy brendlar va bozor yo‘nalishlarini rivojlantirishga e’tiborni qarata oladi.

Yangi tashkil etiladigan kompaniyalardan biri Global Taste Elevation Co. deb nomlanishi va Heinz, Philadelphia hamda Kraft Mac & Cheese brendlarini o‘z ichiga olishi kutilmoqda.

Ikkinchisi — North American Grocery Co. — Oscar Mayer, Kraft Singles va Lunchables brendlarini boshqaradi. Tuzilmalarning yakuniy nomlari, ularning rahbariyati va brendlar taqsimoti keyinroq tasdiqlanadi.

ajralish, kompaniya, kraft heinz

Kraft Heinz bosh direktori Karlos Abrams-Riveraning ta’kidlashicha, bo‘linishga tayyorgarlik ko‘rish davrida biznes yagona korporativ tuzilma doirasida ishlashda davom etadi.