Trampning tarif siyosati ro‘yxatiga Daniyaning LEGO kompaniyasi ham qo‘shildi, deya xabar bermoqda 404Media nashri.

Amerikaning tez-tez o‘zgarib turadigan savdo siyosati sababli LEGO o‘zining “Pick a Brick” dasturi doirasida AQSh va Kanadaga 2500 dan ortiq qismlarni yetkazib berishni to‘xtatdi.

Pick a Brick dasturi LEGO ishqibozlariga alohida g‘ishtchalarni xarid qilish imkonini beradi. Bu muxlislar uchun juda muhim, chunki ba’zi detallar topilishi qiyin yoki ma’lum turdagi ijodiy ishlarni yaratish uchun zarur bo‘ladi.

LEGO kompaniyasi ushbu dastur endi amerikaliklar va kanadaliklar uchun mavjud bo‘lmasligini e’lon qilmoqda. Pick a Brick saytida bu xizmat ko‘rsatish to‘xtatilgani e’lon qilindi.

“AQSh va Kanadada standart elementlar vaqtincha mavjud emas. Siz hali ham minglab eng mashhur g‘ishtlar va buyurtma uchun tayyor elementlarni o‘z ichiga olgan bestsellerlarimiz assortimentini sotib olishingiz mumkin”, — deyiladi saytning yuqori qismidagi xabarda.

Pick a Brick kolleksiyasidagi ko‘plab alohida LEGO kubiklari $1 dan kamroq turardi va $800 dan kam bo‘lgan tovarlar uchun import bojlarini to‘lashdan ozod qiluvchi “de minimis” qoidasining bekor qilinishi Pick a Brick dasturini muvaffaqiyatsiz qilgan bo‘lishi mumkin.

LEGO New Elementary muxlisi bu o‘zgarishni birinchi marta 25-avgustda, 29-avgustda AQShda “de minimis” qoidasi bekor qilinishidan to‘rt kun oldin payqagan.


Avvalroq Spot Tramp Qozog‘istondan keladigan tovarlarga 25%lik boj joriy qilishi haqida yozgandi.

Shuningdek, yangi tariflar Malayziyaga 25%, Janubiy Afrikaga 30%, Laos va Myanma uchun esa 40% miqdorida belgilanmoqda.