Toshkentda kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullangan bir guruh fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Tezkor-qidiruv departamenti huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar uyushgan guruh tarkibida xorijiy bukmekerlik kompaniyalariga xizmat ko‘rsatgan. Qimor o‘yinlari tashkilotchilari tomonidan olingan mablag‘larni legallashtirish uchun ular ularni DECENT kriptovalyuta platformasi orqali o‘tkazgan.
Guruh a’zolari “Xavfsiz kibermakon” tadbiri doirasida Yashnobod tumanida qo‘lga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular 8 oy davomida 180 mlrd so‘mdan ortiq operatsiya o‘tkazgan.
Tezkor xodimlar tomonidan 38 dona mobil telefon ashyoviy dalil sifatida olingan. Shuningdek, qo‘lga olinganlardan pul yuvish uchun foydalanilgan 1000 ga yaqin bank kartalari topilgan.
IIV Tergov departamenti tomonidan qo‘lga olinganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 278−8-moddasi 3-qismi “a” va “v” bandlari (uyushgan guruh tomonidan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni juda ko‘p miqdorda buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Avvalroq Spot Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etish rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.