Oltin fyucherslari narxi tarixiy maksimumni yangiladi, bu Investing platformasi ma’lumotlaridan kelib chiqadi.
Bir unsiya narxi birinchi marta $3609 dan oshdi, soat 12:36da qimmatbaho metall narxi bir unsiya uchun $3602,72ni tashkil qilmoqda.
Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $3601,57ni tashkil qildi.
Yil boshidan beri oltin AQShning yangi prezidenti Donald Trampning savdo siyosati va jahon savdosidagi keskinlikning kuchayishi fonida eng daromadli aktivga aylandi. Qimmatbaho metallarga bo‘lgan talab dunyoning markaziy banklari tomonidan sotib olinishi bilan qo‘llab-quvvatlanadi.
“Yahoo! Finance” xabar berishicha, tahlilchilar Oq uyning tarif bo‘yicha qarorlarini hisobga olgan holda oltin narxining yanada ko‘tarilishini kutmoqda. Jumladan, “Macquarie Group” vakili Markus Garvi oltin narxi ayrim hollarda $3500gacha yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Avvalroq Citibank 2026-yilda oltin narxi $2500gacha pasayishi kutilayotgani haqida xabar bergandi.
Oltin narxi investitsion talabning kamayishi, global iqtisodiy o‘sish yaxshilangani va AQSh foiz stavkalarining kamaytirilishi tufayli tushishi mumkin.